Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti turizm va mehmonxonani boshqarish kafedrasi xalqaro turizm: nazariya va amaliyot fanidan


Download 102.82 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.82 Kb.
#1544711
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rajabov A Kurs ishi edit


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI TURIZM VA MEHMONXONANI BOSHQARISH KAFEDRASI
XALQARO TURIZM:NAZARIYA VA AMALIYOT FANIDAN

KURS ISHI
O’zbekistonda jahon tajribasi asosida turistik marshurtlarni ishlab chiqish”

Bajardi: Rajabov A.
Rahbar: _________________

Termiz - 2023


Reja:
Kirish
I.BOB. Turistik marshrutlarni ishlab chiqish asoslari
1.1.Turistik marshrutlar haqida tushuncha, turlari va ularning tasnifi
1.2.Turistik marshrutlar ishlab chiqish usullari va tamoyillari
II.BOB. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda jahon tajribasi va O’zbekiston
2.1.Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda jahon tajribasi
2.2. Jahon tajribasi asosida O’zbekistonda turistik marshrutlarni ishlab chiqish
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish davlat miqyosida, rahbarligida olib borilayotgan barcha chora-tadbirlarining birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo’lgani – turistik marshrutlar ishlab chiqishdir. Mavzuning dolzarbligi shundaki, ayni paytda O’zbekistonda turizm tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda, shu munosabat bilan sayyohlarning ehtiyojlarini qondira oladigan yangi qiziqarli sayyohlik marshrutlarini yaratish zarurati tug'iladi. Yangi marshrutni yaratish uchun yangi hududlarni o'rganish kerak va bu jarayon aniq va oson bo'lishi uchun kompyuter dasturi ishlatiladi. Ushbu dastur yordamida siz xaritalarni tuzishingiz va tahrir qilishingiz, fazoviy ma'lumotlarni o'rganishingiz mumkin Respublikamizdagi barcha turistik resursga–obyektga-manzil-u makonga, maskanga yo’l bor. Bu yo’llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo’llari, so’qmoqlar va hakozo ko’rinishlaridir. Lekin, bu yo’llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda turistlar soni ko’payishi mumkin. Turistik resursga hozirgi yo’llar bilan ham turistlar olib boriladi. Lekin bu yo’lda turistning erkin harakatlanishi, u hoxlagan vaqtda to’xtashi, qiziqib qolgan yo’lbo’yi «ob’ektlar»ga ekskursiyaga chiqishni talab qilishi, yoki choy ichib dam olishni xohlashi mumkin. Turistik marshrut qayd qilingan, kutilmagan «takliflar»ning bajarilishi yoki «xizmatlar» majmuasi a’lo darajada kafolatlanishi uchun ham turistik marshrutlar deyiladi. Turistlarning barcha ehtiyojlarini, talablarni bajarishda foydalanadigan yo’llar turistik marshrutlar yoki turistik yo’llar deyiladi.
Kurs ishining vazifalari va maqsadi. Turizmdagi turlarni aniqlash va sayohat turlari bo’yicha turizm sohasini rivojlantirishdagi ahamiyatini belgilashdan iborat. Mamlakatimizning turistik salohiyatidan turizm maqsadi uchun oqilona foydalanish lozimligini ko’rsatib berish. Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar bajarilishi lozim deb o’ylayman:Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjaxon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha dunyoda ishlab chiqarish va servis oborotining 10 % i turizmga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan e’tiborlidir. Ya’ni turistik xizmatlarning eksporti 8 % ga o‘sib jahon bo‘yicha umumiy xizmatlar savdosining 30-35 % ini tashkil kilmokda. Butunjaxon turizm tashkilotining «Turizm-2023 yilgacha» mavzusidagi statistik ma’ruzasida 2023-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd kishini tashkil qilib, turizmdan olinadigan foyda 2 trln AQSH dollarigacha yetadi. Turistik oqimning turg‘un ravishda o‘sishi har yili 3-5 % gacha ko‘payadi deya takidlaydi. Nufuzli olimlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston davlatchiligining shakllanish tarixi miloddan avvalgi ikki minginchi yillardan boshlangan va 3,5 ming yildan ziyod davrni qamrab oladi. Ko‘hna Rim va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‘rta asrlar ilm-fani, san’ati va madaniyatining yirik markazlari sifatida dunyoga dong taratgan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari bo‘lib kelgan. E’tibor berish lozimki mehmonxona xo‘jaligining rahbarlari yoki menejerlari bilan turistlar deyarli uchrashmaydilar va muloqotda ham bo‘lishmaydi. Turistlarga ularni qabul qilishdan tortib to kuzatguncha: joylashtirish xizmatlari, restoran-ovqatlantirish xizmatlari, xonalardagi xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlarni barchasini mehmonxona xodimlari bajarishadi. Shunday ekan bu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim, malaka va ko‘nikmalari yuqori darajada bo‘lishi lozim bo‘ladi. Turizmni tashkil etish tarkibiy qisimlaridan birinchilaridan turistlarni mehmonxonalarga joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish, hamda ovqatlantirishni tashkillashtirish, davlat xizmatlaridan esa bu sohaga kadrlar tayyorlash, turli havo-suv-daryo portlari, madaniy vaqtichog‘lik ishlari, sayohat qilish va boshqa tarmoq sohalarini rivojlantirish asosiy ishlardan hisoblanadi va bularning natijasida mamlakatimizda valyuta almashtirish, aholining turli xizmat sohalarida bandligi, turli investitsiyalar jalb etilishi va natijada davlat daromadi ko‘payib, milliy boyligi ortishi ko‘zda tutiladi. Shunday ekan, bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesini rivojlantirish hamda ulardagi xizmatlar samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Kurs ishi tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Turizm bugungi zamon iqtisodiyotida katta o`rin tutadi, qolaversa, kun sayin takomillashib, yangilanib bormoqda. Hozirga kelib inson o’zining qiziqishi sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish, o’rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi.Hozirgi Jaxondagi ko`zga ko`ringan mutaxassislarning yozishlaricha jahonda turizmning asosiy turlari 20-22 yo’nalishdan iborat. Ishlab chiqarish sohalarining yoki insonlar guruhining mo’jizakor, mukammal va hayratomuz ko’rinishga ega bo’lgan mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o’ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib chiqardi, sohadagi turlarning ko’payib borayotganligi ham ana shu omillarga bog’liq.


Download 102.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling