O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
(Barcha magistratura mutaxassisliklari uchun uslubiy ko‘rsatma)
TERMIZ - 2022
Tuzuvchi: A.B.Narbayev.- TerDU, Magistratura bo‘limi boshlig‘i, p.f.f.d.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 190-son va 2015-yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 36-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘RQ-637-son qonuni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi
PF-5847-son farmonlari asosida ishlab chiqilgan.
Unda magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan talablar, dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi keltirilgan.
Taqrizchilar:
R.To‘rayev- TerDU, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, f.-m.f.n., dotsent.
U.B.Abdiyev-TerDU, “Nazariy fizika” kafedrasi mudiri, p.f.d., dotsent.
Termiz davlat universiteti o‘quv-metodik Kengashining 2021-yil 25-dekabrdagi №5 son yig‘ilishi bayonnomasi bilan nashr qilishga ruxsat berilgan.
I. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar