1. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak:
titul varaq (1-ilova);
ikki tilda (o‘qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi (2-ilova);
mundarija (3-ilova);
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
adabiyotlar ro‘yxati (4-ilova);
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
2. Kirish quyidagilarni qisqacha o‘z ichiga olishi lozim:
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
* Kamida uchta xat boshidan iborat bo’lib, unda:
1-xat boshi: dissertatsiya mavzusi bo’yicha qo’llanilayotgan amaliyot va uning dolzarbligi ko’rsatiladi.
2-xat boshi: dissertatsiya mavzusi bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning dolzarbligi ko’rsatib beriladi.
3-xat boshi: dissertatsiyaning mavzusining Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan ustivor yo’nalishlarga mosligi va dolzarbligi ko’rsatib beriladi.
tadqiqot obyekti va predmeti;
tadqiqot maqsadi va vazifalari;
ilmiy yangiligi;
tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;
tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
ish tuzilmasining tavsifi.
NAMUNA
Dissertatsiya avtoreferatlari kirish qismidan magistrlik dissertatsiyasining kirish qismini yozishda uslubiy adabiyot (namuna) sifatida foydalanish mumkin. Quyidagi QR-kod orqali barcha sohalarga tegishli avtoreferatlarni qidirib topish mumkin (1-rasmga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |