1-rasm. Ziyonet.uz saytidan avtoreferatlarni qidirib topish QR-kodi.
3. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo‘lib, boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim (2-rasmga qarang):
2-rasm. Boblarning mazmuni
4. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo‘yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
5. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim. Ilovalar hajmi dissertatsiyaning umumiy hajmiga kirmaydi.
6. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘on sitatalar keltirishga yo‘l qo‘ymaslik) lozim.
7. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim:
qatorlar oralig‘i — 1,5 sm;
yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 2 sm, xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim;
magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida, A4 formatda yozish tavsiya etiladi;
Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida mudarijadan keyin 3 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag‘i, annotatsiya va mundarijaga raqami qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyaning mundarijasi, kirish qismi, har bir bobi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi. Paragraflar yangi betdan boshlanmaydi.
Dissertatsiya tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari («MUNDARIJA», «KIRISH», «XULOSA», «FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI» va boshqalar) bosh harflarda yoziladi (3-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |