Termiz davlat universiteti magistrlik diss


ANNOTASIYASI Tayanch so‘zlar: Fizika, to‘garak, issiqlikdan kengayish, sinfdan tashqari, fakultativ mashg‘ulotlar


Download 4.85 Mb.
bet8/13
Sana25.09.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1687736
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

ANNOTASIYASI

Tayanch so‘zlar: Fizika, to‘garak, issiqlikdan kengayish, sinfdan tashqari, fakultativ mashg‘ulotlar.

Tadqiqot obektlari: Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida fizika ta’limiga uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni.


Ishning maqsadi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy ta’lim tizimi fizika kursi uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashda fizika to‘garaklarining o‘rni va rolini ko‘rsatib berish.
Tadqiqot metodlari: Analitik taxlil, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, pedagogik loyihalash, sistemalashtirish hamda matematik-statistik metod
Olingan natijalar va ularning yangiligi:
To‘garak mashg‘ulotlari sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib ushbu dissertatsiya ishida quyidagi natijalar olindi.
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish uslublari tavsiya qilindi;
– o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish uslublari tavsiya qilindi;
– tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash yo‘llari belgalab berilgan;
- fan va texnikaning yutuqlari bilan to‘garak ishtirokchilarni tanishtirib borish, amalda ushbu yutuqlardan foydalanib yangiliklar yaratishga intilish metodikasi ishlab chiqilgan;
- to‘garaklardan foydalanib fizik bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish hayotga yaqinlashtirish, amaliyotda qo‘llash, amaliy natijalar olish usullari bayon qilingan;
- to‘garaklardan foydalanib o‘quvchilarning intellektual va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tabiatni o‘rganish usullarini o‘zlashtirishni singdirish masalalari hal etilgan;
- tajribalarni o‘tkazish usullarini o‘zlashtirish va takomillashtirish, qo‘ldan tayyorlanadigan fizik asbob-uskunalarni yig‘ishni o‘rganish, ulardan amalda foydalanish amaliy ko‘nikmalari uchun aniq masalalar qo‘yilgan;
Ushbu dissertatsiya ishida to‘garaklarda qo‘yish mumkin bo‘lgan bir qancha tajribalar yoritilgan, tahlil qilingan, asoslangan va to‘garak o‘tkazishda foydalanish uchun tavsilar ishlab chiqilgan. Ushbu tajribalarni o‘tkazish metodikasi va tajribalarning fizik asoslari ochib berilgan.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling