Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi
Download 60.4 Kb.
|
tayorrrrrrrr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta'lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi.1 O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 369-son «O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash hakida»gi qaroriga muvofiq sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e'tirof etish, ularni sport turlari reestriga kiritish hamda ushbu reestrni yuritish tartibini belgilaydi».2 Respublikasi Qonuni dastlab 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan3. Shundan so’ng 2 marta, 2000-yil 26-mayda4 va 2015-yil 4-sentabrda5 mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, yangi tahrirda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni 28 moddadan iborat bo’lgan. Shundan so’ng O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan. Yangi tahrirda qabul qilingan qonun uncha kata o’zgarishlarni amalga oshirmadi va 27 moddadan iborat bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan ushbu qonunni yana qayta ko’rib chiqish va qo’shimchlar kiritish extiyoji tug’ildi. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-394-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilindi. Qonun boblar va moddalarga ajratildi. Yangi tahrirda qabul qilingan qonun o’zida katta o’zgarishlar bilan 8 bob 47 moddadan iborat bo’ldi. 1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish 3-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni tashkil etish 4-bob. Ta’lim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport 5-bob. Sport zaxirasini tayyorlash 6-bob. O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularni shakllantirish 7-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda boshqa ta’minoti 8-bob. Yakunlovchi qoidalar Qonun aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy va har tomonlama etuk yoshlarni tarbiyalash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini yaratish uchun imkon yaratadi. Yangi tahrirda qabul qilingan qonunda oldingisidan farqli o‘laroq, «jismoniy tarbiya», «jismoniy reabilitatsiya», «sport», «ommaviy sport», «professional sport», «sportchi» kabi jismoniy tarbiya va sportga oid bir qator asosiy tushunchalar ta’rifi batafsil ochib berilgan. Qonunga ko‘ra, sportga — odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik va professional asosdagi faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu jarayonda odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, deb ta’rif berildi. Shuningdek, yangi tahrirdagi qonunda jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, har bir insonning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash, shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarning xavfsizligini ta’minlash, nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarga oid sport turlari, ya’ni paralimpiya, Download 60.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling