Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 60.4 Kb.
bet3/9
Sana23.04.2023
Hajmi60.4 Kb.
#1391391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tayorrrrrrrr

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiyaning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi

  2. Jismoniy tarbiyaning hozirgi kundagi ahamiyati

  3. Markaziy osiyo davlatlari tarixi

Kurs ishining ob'ekti: - Markaziy osiyoda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi va uning tarixiy ahamiyati.
Kurs ishining predmeti: Markaziy osiyoda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi vositalari haqida ma'lumot va uning xususiyatlari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. surdalimpiya, maxsus olimpiada va boshqalarning rivojlanishiga sharoit yaratish, O‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi qator vazifalar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan
I-BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING JISMONIY MADANIYAT VA SPORT BO`YICHA QABUL QILGAN

    1. 1.1 O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” qonuni mazmuni

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari, shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda ishtirok etishining huquqiy asosi belgilab berilgan.
Yangi tahrirda qabul qilingan Qonun nafaqat davlatning sohani tartibga solish funksiyalarini belgilab bermoqda, shuningdek, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom hayot kechirishlariga imkon beruvchi me’yorlarni takomillashtirmoqda. O‘zbek milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirishga asos bo‘ladigan huquqiy normalarni belgilab bermoqda.
Qonunda yana bir yangilik sifatida xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda va sportchilarning faoliyatini muntazam monitoring qilishning yagona tizimini joriy etish maqsadida sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning malakasini tasdiqlaydigan yangi «sport pasporti» tushunchasi kiritildi. Sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, unda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi, sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sport musobaqalarida erishilgan natijalar, davlat mukofotlari va sportchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Yangi tahrirdagi qonunning oldingi qonundan yana bir farqli jihati sifatida O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkiblarini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratishga doir talablarni joriy qilish masalalari alohida bob bilan belgilab berilganini e’tirof etish mumkin.
Xulosa o‘rnida aytganda, yangi tahrirda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishga, fuqarolarimizning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishiga, sohada mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini hamda sport infratuzilmasini shakllantirishga, sportning milliy turlarini rivojlantirishga, yurtimiz yoshlarining xalqaro musobaqalarda, Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmoni6 qabul qilindi. Mazkur Farmon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi PF-5787-sonli «Jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga asosan o’z kuchini yo’qotgan.
Lekin mavzu doirasida ushbu farmon va uning asosida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha o’rganish foydadan holi bo’lmaydi.
Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlod salomatligini shakllantirish va uni mustahkamlashda qonunchilik tizimining yaratilishi hamda bu orqali faoliyatlar ko’lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi 3154-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrdagi 374-sonli "Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida"gi Qarori (Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 508-sonli «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to’g’risida» 2018 yil 5 martdagi PQ-3583-son qarori)» qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan.)7 va 2004 yil 29 avgustda imzolangan "O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonlari (Mazkur Farmon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-sonli «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga asosan o’z kuchini yo’qotgan.)8 bu jarayonlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’lmoqda. Jismoniy tarbiya va sportni har bir mahalla, oila va keng jamoatchilik orasida tatbiq etish uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochildi. O’quvchi bolalar va yoshlar o’rtasida "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" kabi sport musobaqalari ommalashdi. Shu bilan birga, sport inshootlarini qurish ishlariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Respublikamizda sportning ommaviy turlari anchaga ko’payib qolganligini ta’kidlash joiz. Xususan, ayollar sportiga berilayotgan e’tibor tufayli ko’pchilik sportchi qizlarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, sportning badiiy gimnastika turi maktab o’quvchilari orasida tobora ommalashib bormoqda. Bu esa ta’lim jarayonini yaxshilab, yoshlarni ham jismonan, ham ruhan kamol topishlariga keng imkoniyat yaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2002 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan 2003—2015 yillar mobaynida jami 2205 ta inshoot qurib foydalanishga topshirildi. Ulardan 1922 tasi sport inshooti, 283 ta bolalar musiqa va san’at maktabidir. Bugungi kunda O’zbekistonda 2,6 milliondan ortiq bola sportning 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug’ullanmoqda. SHundan bir milliondan ortig’ini qizlar tashkil qiladi.
sportini rivojlantirish faqatgina masalani moddiy-texnik jixatlari bilan belgilanmaydi, balki yosh avlodni keng miqyosda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkillashtirish va sport maxoratining fundamental negizi bo’lmish jismoniy tayyorgarlikni samarali shakllantirish

Download 60.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling