Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


Download 60.4 Kb.
bet6/9
Sana23.04.2023
Hajmi60.4 Kb.
#1391391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tayorrrrrrrr

Jismoniy tayyorgarlik - bu har bir inson, ayniqsa aqliy va jismoniy soha ishchi - xizmatchilari va o‘quvchi -yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), jismonan baquvvat, chiniqqan, bo‘lishidagi faol harakatlardir.
Sport mashg’uloti – bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir.
Sport mashg’ulotlarining maqsadi - mazkur sportchi uchun mumkin bo’lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o’ta qimmatliligini va unga ega bo’lish yo’llarini katta ko’tarinkilik bilan izhor qilib bergan. Ya’ni: «Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan salomatlik tilashgan.... Bizning zaminimiz bahodirlar va himoyachilarimiz bo’lgan polvonlar va botirlarga boy va ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda.... o’zining salomatligi haqida shaxsan g’amho’rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko’magida singdirish kerak»,1 - deb haqli ravishda aytgan.
E’tirof etish kerakki, mustaqil O’zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo’luvchi eng muhim tadbirlar ko’rilmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog’lig’ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. Bu qonun 2000 yilda yangi taxrirda qayta qabul qilindi.
Shu qonunga muvofiq «Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o’quv yurtlari har yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning hamda o’quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini ko’rikdan o’tkazish belgilab qo’yildi. Bundan tashqari qonunda umumta’lim maktablarida, boshqa o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya bo’yicha imtixonlar o’tkaziladi».2 – deb ko’rsatilgan. Bu esa o’quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli kishilar qilib tarbiyalashga qaratilgandir. Bu imkoniyat va talablarni har bir o’quvchi va yoshlar o’z tafakkurlari bilan tushunishlari, Mustaqil O’zbekistonning istiqboliga hissa qo’shish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish, o’z burchlarini ado qilishlari kerak. Ma’lumki, Respublika Oliy Kengashining sessiyasida (1992 yil iyul, 1997 yil 29 avgust) «Ta’lim to’g’risidagi» qonun qabul qilinib, unga ta’lim oluvchilarning salomatligini muxofaza qilish va mustahkamlashni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratish, o’qish, mehnat qilish, dam olish uchun ta’lim muassasalari mas’uldir deyilgan.1 Bu ikki qonunning muzmun va mohiyati o’zaro mujassamlashib, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgandir.
O’quvchi yoshlarning ta’lim olishlari va ularni doimo sog’lom bo’lishlarini davlat qonunlari bilan muhofaza qilish, bo’lajak mutaxassislarning porloq kelajagini ta’minlash, deb talqin qilish lozim. Shu tufayli barcha o’quvchi yoshlar qayerda ta’lim olmasin, ularga berilgan imtiyozlardan maqsad yo’lida foydalanish, jismoniy kamolotni ta’minlash zarur bo’ladi va bu bilan jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyatlarini yanada ko’targach, uni imkoni boricha, inson hayotidagi yuksak omilkor ekanligini kelajakka meros qilib qoldirishga hayotiy tajriba va amaliy ishlarni yanada rivojlantirishga muhim asos deb qabul qilishga erishish kerak.
Shu sababdan Respublika sportining istiqbolidagi asosiy manbalarning holati va uni rivojlantirish omillaridan xabardor bo’lish muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston jismoniy madaniyat va sport taraqqiyotining ba’zi bir ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat.
Respublikadagi 14577 ta jismoniy madaniy jamoalarida 5 mln. 549 ming 908 kishi shug’ullanadi. Shu jumladan 64 ta oliy o’quv yurtida 134977 kishi, 225 ta o’rta maxsus o’quv yurtlarida 147664 kishi, 449 ta hunar-texnika bilim yurtlarida 211061 kishi, 8302 ta maktablarda esa 4 mln. 510 ming 403 o’quvchi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadilar. O’zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarining 5545 tasida boshlang’ich jismoniy madaniyat tashkilotlari va 60 dan ortiq sport klublari mavjud bo’lib, ularda 543946 kishi muntazam ravishda sport turlari, sog’lomlashtirish mashqlari bilan shug’ullanadilar. Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mehnat va mudofaaga tayyor (MMT-GTO) majmuasi o’zining mazmunan zarurligi va mohiyatini ancha vaqtgacha o’z kuchini saqlab keldi. Keyingi paytlarda Respublika muhiti va sharoitlariga qarab, uning shakli va normativ talablariga ba’zi bir o’zgarishlar kiritildi va konsepsiya (dastur) ishlab chiqildi. Shu asosda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari joriy etildi (2000 y.).
Ma’lumki, MMT majmuasini asosiy turlari va me’yoriy darajalari o’quvchi yoshlarni har tomonlama jismonan kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu sababdan Respublikada bu majmua yoshlarni jismoniy tayyorlashda katta ishlarni amalga oshirishga poydevor yaratdi. Buning dalili sifatida qo’yidagi ko’rsatkichlarni keltirish mumkin.

Download 60.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling