Termiz davlat universiteti tabiiyfanlar fakulteti


Download 1.63 Mb.
bet10/14
Sana14.12.2022
Hajmi1.63 Mb.
#1005601
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aliyev shahzod

Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi.Azonallikning omillari– Yer yuzini qopla gan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathi ning relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zgarishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik,omillar. Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nisbatan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va fizik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylardasho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, land- shaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo‘ladi.
Bunday sharoitda atmosfera yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi. Masalan, G‘arbiy Sibir, Kongo botig‘i, La-Plata, Orinokopasttekisliklarida botqoqliklar keng tarqalgan. Botqoqlik – ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlarda o‘simlik ildizlari torf ostidagi tuproq-gruntga yetib bormaydi. Agar torf qatlami bo‘lmasa yoki yupqa (30 smdan kam) bo‘lsa, botqoqlashgan yerlar deyiladi. Botqoqlar tundra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zonalarida keng tarqalgan.Cho‘l tabiat zonasida joylashgan.
O‘zbekistonda ham azonal omillar tufayli zonallik qonuniyati "buzilib”, o‘ziga xos landshaftlar shakllangan. qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar vujudga kelgan.
Sho‘rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga sabab relyefning botiqligidan tashqari bu yerda tez eruvchan ohaktosh, gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligidir. Daryolarning qayirlarida esa relyefning tekisligi, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi va mikroiqlimning atrofdagi cho‘ldan namroq va salqinroq bo‘lganidan to‘qaylar shakllangan. To‘qay – daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon.
Insonning xo‘jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos bo‘lmagan, ya’ni "azonal” landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Masalan, O‘zbekistonda cho‘llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan.
Voha – cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer.Agar O‘zbekistonning aholi xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta shaharlarning barchasi vohalarda ekanini ko‘rasiz. Yer yuzi tabiiy sharoitining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig‘indisi va o‘zaro ta’siri natijasidir. Geografik qobiqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchraydigan bironta joy yo‘q. Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling