Termiz davlat universiteti tabiiyfanlar fakulteti
Download 1.63 Mb.
|
Aliyev shahzod
8 -Rasm Suvning aylanma harakati 2.3.GEOGRAFIK QOBIQDA ZONAL VA AZONAL QONUNIYATLAR Geografik zonallik -Yer geografik (landshaft) qobigʻining differensiatsiya qonuniyati. Geografik. zonallik. turli landshaft tiplarining qutbdan ekvatorga tomon almashinib, turli geografik mintaqalar, geografik zonalar va zonachalar hosil boʻlishida oʻz aksini topgan. Ular birinchi navbatda geografik kenglikka bogʻliq ravishda Yer yuzasiga tushayotgan quyoshning nurli energiyasi miqdorining oʻzgarishiga bogʻliq. Geografik. zonallik. iqlimiy, gidrologik, geokimyoviy va geomorfologik jarayonlarga, tuproq va oʻsimlik qoplamiga va hayvonot dunyosiga, qisman choʻkindi jinslar hosil boʻlishi kabi koʻpchilik komponentlar va tabiiy-hududiy majmualarga xos. Ekvatordan qutblarga tushayotgan quyosh nurlari burchagining kamayishi kenglik radiatsion mintaqalarni issiq mintaqa, 2 moʼtadil va 2 sovuq mintaqani vujudga keltiradi. Har bir geografik mintaqa va sektorga zonalar toʻplami va ularning izchilligi xos. Geografik. zonalarning yirik tabiiy majmualari asosiy differensiatsiyasi qonuniyat sifatida dastlab 1898-yil V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlandi. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimgi yunon va rimolimlari aniqlashgan.yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar. Zonallik botanik-geografik zonallikni aniqladi. Keyinchalik bu ishlar V.V.Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qonuniyatikashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V.V.Dokuchayev ta’limotiga asoslanadi.Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik,ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, yog‘inlar, nurash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil,qilib tarqalgan. Geografik zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografik zonallik ekvatordan qutblarga tomon hamda okeanlardan quruqliklar ichkarisiga,tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling