Termiz davlat universiteti tabiiyfanlar fakulteti


I.BOB.GEOGRAFIK QOBIQ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA


Download 1.63 Mb.
bet2/14
Sana14.12.2022
Hajmi1.63 Mb.
#1005601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aliyev shahzod

I.BOB.GEOGRAFIK QOBIQ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1.GEOGRAFIK QOBIQNING CHEGARALARI VA XUSUSIYATLAR
Yer qobiqlari toʻrtta. Atmosfera gazsimon havo qatlami Yerni qoplab olgan va uni himoya qiladi. Atmosferadagi harakatlar va jarayonlar biz ob-havo va iqlim sifatida biladigan oʻzgaruvchan sharoitlarni yaratadi. Yerning relyef shakllari, togʻ jinslari, tuproq va minerallar litosferani, okeanlar, koʻllar, daryolar va muzliklar esa gidrosferani tashkil etadi. Yer sayyorasining toʻrtinchi yirik qobiqlaridan biri biosfera hisoblanadi. Biosfera barcha tirik mavjudodlardan: odamlar, oʻsimlik va hayvonlardan iborat. Tabiatning toʻrtta asosiy qobiqlari oʻzaro aloqadorlikda Yerda hayot uchun zaruriy sharoitni yaratadi va saqlab turadi.
Geografik qobiq haqidagi taʼlimot XX asrda A.A. Grigoryev tomonidan ishlab chiqildi. Geografik qobiq deb, atmosferaning quyi qismi, litosferaning yuqori qismi, gidrosfera va biosferaning bir-biriga oʻzarotaʼsir etib, oʻzaro bir-biriga kirishib va tutashib turadigan Yerning qismiga aytiladi. Geografik qobiqqa gidrosfera va biosferatoʻliq kiradi, atmosferada ozon qatlamigacha boʻlgan joylarni, litosferada esa gipergenez (grekcha hiper - tepada, genesis - kelib chiqish Yer yuzasiga yaqin joylashgan litosferaning bir qismi) zonasini oʻz ichiga oladi. Geografik qobiq uncha qalin emas. Uning eng katta qalinligi 40 km. atrofida (Yer yuzidan yuqoriga va pastga 15-20 km.gachoʻzilgan). Geografiik qobiqda juda koʻp va xilma-xil voqea va jarayonlar sodir boʻlib turadi, ularning asosiy sababi, ushbu qobiqda Yerning ichki va Koinot omillarining birgalikda, ayni bir paytda, hamda juda qarama-qarshi taʼsiri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. Yer qobigʻida mazkur ikki guruh kuchlari Yer yuzida toʻqnashib va Yer yuzasining oʻziga xos sharoitlari va xususiyatlari bilan qoʻshilib, unda sayyoramizning boshqa hech qanday qismida butunlay oʻxshamaydiganoʻziga xos tabiiy tizimni vujudga keltirgan. Faqat tabiiy va tabiiy-antrorogen tizim boʻlgan geografik qobiq doirasidagina hayot mavjud, hayvonlar va oʻsimliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil boʻladi. Togʻ jinslari va turli relyef shakllari vujudga keladi quyoshdan kelgan issiqlik shu yerda toʻplanadi va mazkur qobiqdagina suv uch holatda: bugʻ, suyuq va qattiq holatda boʻladi va nihoyat kishilik jamiyati faqat shu qobiqda paydo boʻlib yashamoqda va rivojlanmoqda.Geografik qobiq tushunchasidan tashqari landshaft qobigʻi (Yu. K. Yefremov) va epigeosfera (A.G.Isachenko) tushunchalari ham ishlatiladi. Ammo hozirgi paytda geografik qobiq tushunchasi keng tarqalgan.Geografik qobiq tushunchasining keng tarqalganligiga qaramasdan, hozirgi paytda olimlar orasida mazkur tushunchani almashtirishga harakat qilayotganlari ham uchrab turibdi. A.A.Grigoryev va qator olimlar geografik qobiq va georafik muhit qamrovi bitta, ular bitta tushunchadir degan gʻoyni ilgari surishadi, Ularning fikricha mazkur ikki tushuncha bir-birini toʻldiradi va bir xil tabiiy hodisani turli tomondan tavsiflaydi. Ammo XIX asrning 70 yillarida fransuz olimi Eliza Reklyu tomonidan tavsiya etilgan geografik muhit tushunchasi tabiiy kategoriya emas, koʻproq ijtimoiy tarixiy kategoriyadir. Geograk muhitning chegarasi jamiyatining rivojlanishi bilan kengayib boradi. Hozirgi paytda esa inson faoliyati geografik qobiq chegarasidan chiqib ketdi. Demak, geografik muhit kengayib uning chegarasi geografik qobiq chegarasi bilan muvofiq boʻlib qolmoqda. U.K.Yefremov geografik qobiqni landshaft qobigʻi deb atash lozim degan fikrni bildiradi, Ammo landshaftlar geografik qobiqda juda yupqa qatlamni tashkil qiladi. Shuning uchun landshaft qobigʻi tushunchasini geografik qobiq tushunchasiga qarama-qarshi qoʻyishnotoʻgʻri hisoblanadi, chunki landshaftlar geografik qobiqning bir qismdir. Shuning uchun landshaft qobigʻi tushunchasini alohida va oʻz oʻrnida qoʻllangani maʼqul. A.G.Isachenko geografik qobiq bu yerning tashqi, tepadagi qobigʻi boʻlgani uchun uni epigeosfera (grekcha hyper yuqori) deb atashni tavsiya etadi, Ammo yuqorida aytganimizdek, Yer qobiqlari ularning joylanishiga qarabgina emas, balki moddalarning xossalariga ham qarab ajratilishi hamda Yerning tashqi qobigʻinigeografik qobiq emas atmosfera va magnitosfera tashkil etishini xisobga olsak epigeosfera atamasi geografik qobiq tushunchasiga mos kelmasligi maʼlumboʻladi. I.V.Zabelin esa geografik qobiqda hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi sodir boʻlganligi uchun geografik qobiq tushunchasini biogenosfera tushunchasi bilan almashtirishni tavsiya qilgan. “Biogenosfera” tushunchasi fanda keng tarqalgan “Biosfera” tushunchasiga juda uaqin. Agar mazkur tushuncha qabul qilinadigan boʻlsa, “Biosfera” tushunchasi murakkablashib va chalkashib ketadi. Bundan tashqari geografik qobiq tushunchasini almashtirishga hojat ham. asos ham yoʻq.
Geografik qobiq tushunchasini paydo boʻlganligiga ancha vaqt boʻlganboʻlsada, ammo uning aniq chegaralari haqida hamon bir fikr yoʻq. Geografik qobiqning yuqorigi va pastki chegaralari haqida olimlar orasida turlicha fikrlar mavjud. A.A.Grigoryev geografik qobiqning yuqori chegarasini 20-25 km, yuqorida joylashgan ozon qatlamidan oʻtkazadi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli nurlarni ushlab qoladi, undan pastda atmosferani quruqlik va okeanlar bilan oʻzarotaʼsirida havo harakatlari kuzatiladi. Ozon qatlamidan yuqorida esa bunday harakatlar kuzatilmaydi. A.A.Grigoryev fikricha geografik qobiqning quyi chegarasi Moxorovichich chizigʻidan sal pastroqdanoʻtadi. Yopishqoqligi yuqori boʻlgan Yer poʻsti ostidagi qatlam bilan Yer poʻstinioʻzarotaʼsiri Yer yuzasi relyefini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Quruqlikda geografik qobiqning quyi chegarasi 30-40 km (Yer yuzasidan) chuqurlikdan oʻtadi, okeanlar tubida esa 5-8 km chuqurlikdan oʻtadi.
S. V. Kalesnik geografik qobiqni juda tor maʼnoda tushunadi. U geografik qobiqni yuqori chegarasini 20-25 km, balandlikdan quyi chegarasini esa qalinligi 500-800 m, boʻlgan gepergenez zonasining quyi qismidan oʻtkazgan. Mazkur zonada huqurdagi mineral moddalar tashqi ekzogen kuchlar taʼsiridaoʻzgaradi. A.G.Isaschenkogeografik qobiqqa troposferani. gidrosferani va litosferaning 5-6 km. chuqurlikkacha boʻlgan yuqori qismini kiritadi (mazkur chuqurlikda choʻkindi jinslar oʻz xususiyatlarini saqlab qoladi), I.M.Zabelin ham geografik qobiqni xuddi shunday chegarada ajratishni maʼqullaydi, ammo geografik qobiqning quyi chegarasini hayot va suv tarqalgan chuqurlikdan utkazishni taklif qiladi. 2. Geografik qobiqning oʻziga xos xususyatlari, tarkibiy qismlari Geografik qobiq murakkab tizim boʻlib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi holatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1.Geografik qobiq moddiy tarkibning va tuzilishining oʻzigahosiligi va xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq, gaz). Ularning fizik xossalari (zichlik, issiqlik oʻtkazuvchanligi. issiqlik sigʻimi, yopishqoqlik, darzlanganlik darajasi, Quyosh nurlarini qaytarish xossasi va h,k) juda katta oraliqlarda oʻzgaradi. Moddalarning ximik xossalari turlicha. Bundan tashqari geografik qobiqda moddalar tuzilishiga koʻranoorganik, organik va aralash turlarga boʻlinadi. Moddalarning har bir ajratilgan turi oʻz navbatida yana yuzlab va minglab xillarga boʻlinib ketadi. Tirik organizimlarning tulari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha yetadi. 2.Geografik qobiqqa kelayotgan issiqlikning va uning oʻzgarishining nihoyatda xilma-xilligi. Geografik qobiqqa issiqlik koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ular nihoyatda xilma-xildir. Ularning oʻzgarishi ham turlicha. Issiqlik oʻzgarishining turlari ichida uni organik modda sifatida toʻplanishi katta ahamiyatga ega. Quyoshdan kelayotgan issiqlik yogʻoch, koʻmir, neft, torf, yonuvchi slanes kabi organik moddalarga aylanadi. Ular yoqilganda Quyosh issiqligi yana qaytib chiqadi. 3.Yerning sharsimonligi Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab boʻladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yuzasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relyefni, murakkab taqsimlanishi ham keltirib chiqaradi. Geografik qobiqdagi muvozanatsizlik turli xil harakatlarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bunday harakatlarga issiqlik oqimi, havo harakatlari. suv oqimlari, tuproq eritmalari, ximik elementlar migratsiyasi, kimyoviy reaksiyalar va h.k. kiradi. Modda va issiqlikning harakati geografik qobiqning hamma qismlarini bir-biri bilan bogʻlaydi va uni bir butunligi va yaxlitligini taʼminlaudi. 4. Geografik qobiqning moddiy tizim sifatida rivojlanishi davomida uning tuzilishi murakkablasha borgan, undagi moddalarning turlari va issiqlik gradiyentlari orta borgan. Geografik qobiq rivojlanishining maʼlum bir bosqichida unda hayot vujudga kelgan, Hayot bu moddiy jism harakatining eng yuqori shaklidir. Hayotning vujudga kelishi – bu geografik qobiq rivojlanishining qonuniy natijasidir. Tirik mavjudodlarning faoliyati esa Yer yuzasi tabiatini sifat jihatdan oʻzgarishiga olib keldi. 5.Geografik qobiqning shakllanishi va rivojlanishida fazoviy omillarning ahamiyati ham ulkandir. Fazoviy omillarga quyidagilar kiradi: Yerning ogʻirligi, Yerdan Quyoshgacha boʻlgan masofa, Yerning oʻzoʻqi va Quyosh atrofida aulanish tezligi, magnitosferaning mavjudligi. Magnitosferaning mavjudligi Yer uchun qulay termodinamik sharoitni keltirib chiqaradi. Faqat Yerdagina juda murakkab moddiy tizimning vujudga kelishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan. 6. Geografik qobiq mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega. Atmosferaning, okeanning, muzliklarning tarkibi va ogʻirligi, Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi, turli xil relyef shakllarining joylanishi va qiyofasi juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular mustaqil oʻlchamlarga ega. Yer yuzasi qanday tabiiy ofatlar natijasida tabiat oʻzgarmasinmaʼlum vaqt oʻtishi bilan asta-sekin qayta tiklanadi. Masalan, toʻrtlamchi davrdagi muz bosish davrlarida Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy hududlarida tabiat komplekslari tamoman nobud boʻlgan. Ammo muz qaytgandan keyin mazkur joylardagi oʻrmon, oʻrmon-tundra va tundra landshaftlari qaytadan tiklangan.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling