2 -Rasm
Atmosferaning qatlamlari.
Litosfera (grekcha: λίθος - tosh, σφαίρα - oʻram; — tosh oʻram) — yerning qattiq holatdagi tosh oʻramining qalinligi okean tubida 5–7 km, quruqlikda 30–40 km va togʻlioʻlkalarda 70–80 kmgacha boradi, u choʻkindi, metamorfik va magmatiktogʻ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, choʻkinditogʻ jinslari tarqalgan boʻlib, ularning qalinligi 20 kmgacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga yetadi. Ular tarkibi boʻyicha chaqiq, kimyoviy va organik cho'kindilardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Cho'kindilarning ostida 10–40 km qalinlikdagi granit qobigʻi joylashgan boʻladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean cho'kindilari qobigʻi ostida bazal’tqobigʻi joylashgandir. Uning qalinligi okean tubida 5–7 km va quruqlikda 20–30 kmga boradi.
3 -Rasm.
Yerning ichki tuzilishi
Gidrosfera- Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi. Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8 %, vodorod —1 0,8 %, xlor va natriy — 2,95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishdaboʻladi.
Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |