Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Download 72.37 Kb.
bet5/7
Sana13.02.2023
Hajmi72.37 Kb.
#1194796
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-MAVZU. JAHON SHE’RIY JANRLARI

Qoʻchqor Norqobil qalamiga mansub “Quyoshni sen uygʻotasan” dramasi zamondosh qahramonning oʻziga xos qiyofasini namoyon ettirgani bilan eʼtiborli. Asar bir ayolga xos sabr, bardosh, matonat, vafo, jasorat haqida. Uning bosh qahramoni sodda, oddiy qishloq ayoli Shabnam. Bir necha yildirki, ikki farzandini oʻzi tarbiyalaydi. Uning katta orzular bilan bir yostiqqa bosh qoʻygan turmush oʻrtogʻi Qodir koʻp pul topish niyatida Rossiyaga ketgan. Asar ularning temir yoʻl bekatida uchrashuvlari sahnasidan boshlanadi. Turmush oʻrtogʻini oʻzga yurtdan qaytarishga, oʻzi bilan birga ketishga koʻndira olmagan Shabnam yolgʻiz qishloqqa qaytishga majbur boʻladi. Bosh qahramonni mana shunday murakkab bir sharoitda qoʻllab-quvvatlaydigan, unga dalda berib, ruhlantiradigan qaynonasi Oydin momo obrazi asarning oʻziga xos liniyalaridan biridir.

Oʻzining mustahkam irodasi, sabr-toqati bilan shaxs darajasiga yetishib, nafaqat oʻzini oʻnglab olgan, shu bilan birga, qishloqdoshlarini ham ish bilan taʼminlab, gilam toʻquvchi kichik sex ochib, muvaffaqiyatga erishgan ayol obrazida fidoyi zamondosh qiyofasi yaratilganini koʻrsatadi.Shunday qilib, soʻnggi davrda oʻzbek dramaturgiyasi katta evrilishlarni boshidan oʻtkazmoqda. Unda zamonaviy qahramon obrazini yaratish yoʻlida oʻziga xos jarayon kechmoqda. Hayotning qarama-qarshiliklari oldida chekinmagan, oʻzligini anglashga intilgan va oʻzini namoyon eta olgan qator insonlar obrazlari yaratildi. Biroq shu bilan birga, hali yaratilayotgan qahramonlarning hammasini badiiy yetuk, davr sinoviga bardosh beradigan qahramonlar, deyishga erta. Shunday boʻlsa-da, dastlabki dadil va muvaffaqiyatli qadamlar bu yoʻldagi ishlarning ertangi kuniga katta umid uygʻotadi. Bu jarayon nechogʻliq murakkab va koʻp qirrali boʻlmasin,


yangilikka intilish va uni egallash yoʻlidagi saʼy-harakatlar va izlanishlar orqali uning ijobiy natija topishiga shubha yoʻq.

2-bob. Dramatik asarlarning asosiy janrlari.

2.1. Drama.

Drama-badiiy adabiyotning epos, lirika bilan bir qatorda3 asosiy turidan biri.Dramaa teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi dramaning oʻziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qahramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni koʻrishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga moʻljallanadi. U sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi imkoniyatlariga ham muvofiq keladi.


Download 72.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling