Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
muhim bo’lib qolmasdan, balki insoniyatga ham muhimdir
Download 0.49 Mb.
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
muhim bo’lib qolmasdan, balki insoniyatga ham muhimdir‖(V. Belinskiy, 175- bet, ta’kidlar bizniki – H.U.).
V.Belinskiy fikrlarini davom ettirib, badiiy asar sifatida romanning vazifasi- kundalik hayot va tarixiy voqealarning- yashirin qalbini, jonli g’oyasini ochish ,tarqoq voqealarni ruh va aql maskani qilish ekanligini alohida ta’kidlaydi . Shu asosga tayanib, yozadi: ―Roman badiiyligining darajasi asosiy ideyaning chuqurligiga va ayrim hususiyatlarda u ideyani tashkil etgan kuchga bog’liqdir .O’z vazifasini bajarish bilan roman ozod fantaziyaning mevasi bo’lgan hamma boshqa asarlar qatoriga o’tadi, mana shu ma’noda roman oddiy xalqning zarur ehtiyojlarini ta’min etuvchi yuzaki bellitristik asarlardan qat’iy ravishda ajratilishi kerak‖ (V.Belinskiy, 176- bet). Bu g’oyani chuqurligi romanga xos tafakkurning- hayot falsafasini teran tahlili bilan o’lchanadi. Epos tadqiqotchisi E.A.Karimov Gi de Mopassan (―Roman olamning falsafiy konsepsiyasi asosida yuzaga keladi‖) ta’rifiga asoslanib, ―Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi yo’q asar roman bo’lolmaydi‖1,- deydi va davom etib yozadi: ―Roman – bu olam va tarixga, jamiyat va bashariyatga, uning muammo va tashvishlariga, urush va sulhlariga, siyosiy va sinfiy jang – jadallariga, qo’zg’olon va inqiloblariga, ulkan va kichik voqealariga ochiq qaratilgan adabiy – badiiy sistema, yirik badiiy shakl. Faqat roman emas, romanda tasvirlangan bosh qahramon ham, uning qalb va fikri olamga, koinotga qaratilgan‖2 Professor S. Mirzayevning ―O’zbek romanchiligi‖ qo’llanmasidagi o’zbek romanlarining xronologik ko’rsatkichiga tayansak, unda 1989 yilgacha 219 ta o’zbek romani yaratilganiga shohid bo’lamiz. Agar ularga keyingi o’n yilliklar ham qo’shilsa, o’rtacha 300 ga yaqin roman yaratilgan. Demak, 1922 yilda A. Qodiriyning ―O’tkan kunlar‖ romanidan boshlangan bu jarayon izchil davom etmoqda. Lekin yaratilgan hamma romanlar ham – roman janrining talablariga javob bera olmaydi; ularning judayam ko’pchiligida hayotni yuzaki tasvirlash oqibatida (―Yashil boylik‖ - S.Nazar, ―Ziyod va Adiba‖ - Mirmuhsin, ―Shinelli yillar‖ – Shuhrat, ―Oqsoy‖ - S. Anorboyev, ―Odam qanday toblandi‖ - I. Rahim, ―Binafsha atri‖ - H.G’ulom, ―Jimjitlik‖ - S. Ahmad) asosiy g’oya chuqur ochilmaydi, jamiyat va inson olami falsafasi talqini talab darajasida ko’zga tashlanmaydi.
Ko’pchilik (―Dushman‖, ―Ilon kuchi‖, ―Vafo‖, ―Chiniqish‖, ―Qizil Buxoro‖, ―Mashrab‖, ―Jannat qushi‖, ―Oqibat‖ singari) romanlar nomukammal, voqealar rivoji sust, ular markaziy o’qqa (g’oyaga) birlasha olmaydilar, tarqoqliklaricha qolaveradilar. Qahramonlardagi odamiy tuyg’u, xislatlar tasviri o’rnini siyosiy qarashlar, soxta g’oyalar, yasama oldi – qochdilar egallaydi. ―Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi‖ ―O’tkan kunlar‖ (A.Qodiriy), ―Sarob‖ (A. Qahhor), ―Qutlug’ qon‖, ―Navoiy‖ (Oybek), ―Yulduzli tunlar‖ (P.Qodirov), ―Ulug’bek xazinasi‖ (O. Yoqubov), ―Girdob‖ (O’. Usmonov), ―Lolazor‖ (Murod Muhammad Do’st), ―Otamdan qolgan dalalar‖ (Tog’ay Murod) kabi sanoqli romanlardagina aksini topgan. Darvoqye, ―Sharq‖ nashriyoti ―XX asr o’zbek romani‖ turkumida shularga o’xshash 17 ta romanni eng sara va mukammal asar deb topgan va nashr etishga qaror kilgani ham bejiz emas. Ularda olam butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan tasvir etilgan, hayot oqimining ichki qonun – qoidalari, insonning mohiyati, qalb tebranishlari kashf qilingan. Asl romanlar ichidagi birlamchi o’rin hamon shu maktabning asoschisi bo’lgan Abdulla Qodiriyga, uning ―O’tkan kunlar‖iga tegishlidir.Tug’ilganidanoq jahonaro umrboqiy romanlar qatoridan o’rin olgan bu asar – o’zbek romanchilik maktabining (farang, rus, ingliz, olmon, hind maktablaridan keyingi oltinchi maktabni A. Qodiriy yaratib berdi, degandi Ye. E. Bertels) takomillashish jarayoniga badiiy nur berib kelmoqda. Romanlarni siyosiy, tarixiy – biografik, ijtimoiy – psixologik, fantastik, tarixiy – sarguzasht, ijtimoiy – maishiy, roman – monolog kabi xillarga bo’lish (S. Mirzayev, 13-14- bet ) o’zini oqlamaydi. Chunki bunda janr tushunchasidan chekiniladi, ya’ni adabiyot qonunlariga tayanmasdan, mavzuiga, undagi pafosning ko’rinishiga qarab sosiologiya nuqtai – nazaridan umumlashtiriladi. Unga asoslansak, roman xillarini istagancha davom ettirish mumkin: O’qituvchilar haqida roman, tadbirkorlar haqida roman, ijtimoiy – kulguli roman kabi. Holbuki, tarixiy romanning o’ziga xos farqlanuvchi xususiyatlari bor. O’zbek adabiy tanqidida bu sohada (S. Mirvaliyev,
Bu mulohazalardan ikkita fikr (―yozuvchi bilan tasvir ob’ekti o’rtasidagi jamiyat taraqqiyotining muhim etaplari bilan izohlanuvchi davriy masofaning mavjud bo’lishi‖ va ―tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga o’sib chiqish sharti‖) dan boshqasi hamma romanlarga xos xislatdir. Zero ―Tarixiy asarning eng muhim alomatlaridan biri shuki, unda o’tmishga yangi bir davr mafkurasi, estetik ideali, axloqiy – ma’naviy talablari nuqtai nazaridan baho berilishi lozim ‖. Biz ham shunday fikrdamiz. V. G. Belinskiy asoslaganidek, romanning ikki turi mavjud : tarixiy va zamonaviy roman. Boshqalarini asossiz o’ylab chiqishga, har biriga xos xususiyatni ―kashf‖ etishga hojat bo’lmasa kerak. 1 А.Каттабеков. Тарих сабоқлари, Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986, 280- бет. Romandagi epik xarakterlar tasviri ikki kitobda nihoya topsa-dialogiya (―Tutash olamlar‖ - Hojiakbar Islomshayx), uch kitobda tugallansa – trilogiya (―Ufq‖ - ―Qirq besh kun‖, ―Hijron kunlarida‖, ―Ufq bo’sag’asida‖; Said Ahmad), to’rt kitobga sig’sa – tetralogiya (―Qora dengiz to’lqinlari‖ - ―Oqarib ko’rinur yolg’iz bir yelkan‖, ―Cho’ldagi xutor‖, ―Qishki shamol‖, ―Sovetlar hokimiyati uchun‖; V.Katayev), besh kitobga yetsa pentalogiya (―Uch mushketyor‖, ―Yigirma yildan so’ng‖, ikki kitobdan iborat ―O’n yildan so’ng yoki vikont de Brajelon‖, ―Temir niqob‖ - Dartanyan xarakteri tasviri bilan bog’liq Aleksandr Dyuma asari‖) deb yuritiladi. ―Urush va tinchlik‖ (Lev Tolstoy), ―Tinch Don‖ (Mixail Sholoxov)lar to’rt kitobdan, ―Jan Kristof‖ (Romen Rollan) o’n jilddan iborat bo’lishiga qaramay, ulardagi ko’lamdorlikning hajmi va sifatiga asoslanib roman – epopeya deb atash amaliyotda uchraydi. Olamni birvarakayiga epik ko’lamdorlikda va ehtiroslar tug’yonida tasvirlovchi, g’oyatda mubolag’ador sarguzashtlarga boy, romantik bo’yoqdor yirik hajmdagi asar – doston (forscha-tojikcha so’z, ma’nosi, nazm yoki nasr bilan yozilgan hikoya, poema; epik asar; sarguzasht, kechmish voqealar) deb yuritiladi. U adabiyotimizdagi epos singari qadimiy va go’zal janrdir. O’zbek xalq og’zaki ijodida birgina doston tasnifining o’ziyoq, epos janrlari va ko’rinishlarining ko’p qirraligini isbotlay oladi:
Ko’rinadiki, dostonlarning barcha ko’rinishlari ham eposga mansub, ular xilma – xil bo’lsa-da, baribir epik niyatning yagona konsepsiyasiga bog’lanadilar. ―Go’ro’g’li‖, ―Kuntug’mish‖, ―Ravshanxon‖, ―Go’ro’g’lining tug’ilishi‖, ―Go’ro’g’lining bolaligi‖ kabi dostonlar xalq og’zaki ijodi namunalari sanalsa, ―Yusuf va Zulayho‖ (Durbek), ―Gul va Navro’z‖ (Lutfiy), ―Lisonut tayr‖ (A.Navoiy), ―Shayboniynoma‖ (Muhammad Solih), ―Muhabbatnoma‖ (Xorazmiy)lar – yozma adabiyotning kashfiyotlaridir. Ko’rinadiki, dostonlar asosi (og’zaki va yozma namunalari)da – ertak, afsona, rivoyatlar yotadi, ular har bir san’atkorning salohiyatiga mos tarzda qayta ishlanadi, muayyan davrning aniq ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – ahloqiy muammolarini jonlantiradi. ―Bu asarlarda ishtirok etuvchi qahramonlarning soni ko’p va xilma-xildir. Ular, ko’pincha, katta - kuch qudratga ega bo’lgan kishilar, lashkarboshilar, podshohlar, donishmandlar, munajjimlar, oddiy odamlar, qanotli otlar, yalmog’izlar va ajdarlar, sirli qushlar va ilohiy kuchlar qiyofasida ko’rinadilar‖ (E.Xudoyberdiyev, 197-bet). Dostonlarda alohida kirish qismi (―Hamd‖, ―na’t‖, ―munojot‖, ―madh‖ va ―sababi nazmi kitob‖ kabi) bo’lib, bularda Alloh va uning payg’ambarlari madhi, shu mavzuda avval boshqa shoirlar tomonidan yozilgan dostonlarning yutuq va kamchiliklarini baholash, ulardagi xatoliklarni rad etish, o’z asarining ulardan farqlari, dostonni yozishga nimalar sabab bo’lgani va hokazolar (masalan, Alisher Navoiy ―Farhod va Shirin‖ining 1-11 boblarida) ta’riflanganidan so’ng, asar syujeti (12 bobdan) boshlanadi. Dostonlarning xotimasida san’atkor zamoni va zamondoshlari (masalan, Alisher Navoiy ―Farhod va Shirin‖ dostonida ―sultonlik shajarasining samarasi shahzoda Abulforis Shohg’arib Bahodir madhida‖ bir necha so’z bilan nasihat beradi; ―Kimki, olimlarga ta’zim qilsa, go’yo u payg’ambarlarga ta’zim qilgandek bo’ladi‖ tarzida hikmatlar sochadi) haqida mulohazalar yuritadi. O’zi va ijodi haqida, yaratgan asarining bitirish vaqti haqida (―Tangriga maqtovlar bo’lsinki, bu g’am dostoni, firoq ahlining motam dostoni, zamon umrim nomasini, tugatmay, visol ayyomi kabi oxiriga yetmoqda. Yozilgan yilining to’g’risini aytsam, hijriy 889 yil edi: Bihamdillahki, bu g’am dostoni, Firoq ahliga motam dostoni, Tugatmay nomai umrumni ayyom, Visol ayyomi yanglig’ topti itmom. Chu tarixi yilin onglay dedim tuz, Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz‖) batafsil ma’lumot beradi. Dostonning ana shu xususiyatlariga tayanganda ―Alpomish‖ni (masalan, N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, M.Mahmudovlar kabi) doston deb yuritish o’zini oqlamaydi. ―Alpomish‖da qahramonlik eposining barcha xislatlari yaqqol ifodasini topganligi uchun – uni epos deb yuritish asoslidir. Unga Go’ro’g’li, Avazxon, Ravshanbek obrazlarini yuqoridagi olimlar singari Alpomishga tenglashtirish ham o’zini oqlamaydi, ularni doston janrida yaratilgan halq qahramonlari obrazlari tarzida talqin qilish to’g’riroqdir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling