Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
dramaniki – harakatdir. Eposdagi qahramon – voqea, dramaning qahramoni – inson shaxsi (V.Belinskiy) lirikaning qahramoni insonning ichki tuyg’ularidir
Download 0.49 Mb.
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt hissi nuqtai - nazaridan.
- Hajmi va tashqi ko’rinishi jihatidan.
- Badiiy til.
- Muallifning hayotga munosabati nuqtai-nazaridan.
- Vaqt hissi ‖ nuqtai-nazaridan.
dramaniki – harakatdir. Eposdagi qahramon – voqea, dramaning qahramoni – inson shaxsi (V.Belinskiy) lirikaning qahramoni insonning ichki tuyg’ularidir.
Shu sabab, bugungi kunda ―liro-epik tur‖ (she’riy roman, doston, ballada, masal, oda)ni, ―tarixiy-badiiy tur‖ (ocherk, reportaj, kundalik)ni (L.Timofeyev) ixtiro qilish asossiz, chunki ularning ―o’zlarigagina‖ tegishli bo’lgan – predmetlari (narsaning belgilari) yo’q. Shuning uchun ham V.Belinskiiy ―Poeziyaning hamma turlari... faqat uchta, bundan ortiq bo’lishi mumkin emas‖ – deydi va biz ham ayni shu haqiqatdan kelib chiqib, tur va janrlarning qonuniyatlarini ochishga o’tamiz. Bundan aniqlashadiki, har bir turning predmetiga binoan, badiiy asarni vujudga keltiruvchi barcha vositalar – xarakter, syujet, konflikt, badiiy til va hokazo unsurlar ham turfa xil xususiyatlar kasb etadi. E P O S Eposda xalqning taqdiriga ta’sir ko’rsatgan buyuk voqealar olingani uchun uning bosh qahramoni tarixdir. Shu sabab unda xalq taqdiri ham, alohida shaxs taqdiri ham dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy voqeaga bog’liq bo’ladi, ana shu tarixiy voqea ularni yurgizib - turg’izadi, taqdirini hal etadi. Bundan ko’rinadiki, eposda odam emas, voqea hukmronlik qiladi. Shu asosga ko’ra, uning o’ziga xos qonuniyatlari quyidagicha voqye bo’ladi:
Eposda san’atkor hayotni ―Xuddi Gomerdek, voqeani uning o’zidan ajralgan bir narsa sifatida‖ (Aristotel) tasvirlaydi. ―Bunda shoir ko’zga ko’rinmaydi; plastik muayyan dunyo o’z-o’zidan taraqqiy etadi, shoir esa o’z-o’zidan vujudga kelgan hodisaning go’yo oddiy bir hikoyachisigina bo’lib qoladi‖ (V.G.Belinskiy). Bu xolislik, ob’ektivlikdir. ko’radi. Jumladan, ―O’tgan kunlar‖dagi voqealar XIX asrning ikkinchi yarmida bo’lib o’tadi va uni A.Qodiriy XX asrning yigirmanchi yillari (1926)da hikoya qiladi. asardir. Tashqi ko’rinishi jihatidan u ko’plab bo’lim va boblardan iboratdir.
Jumladan, Tohir Malikning ta’kidlashicha, u to’rtta kitobdan iborat yaxshi qissa – ―Shaytanat‖ ustida 17 yil (asarni 1984 yilda boshlagan) ishlagan, unda salkam 200 ta obraz bor, shulardan 50 tasi asosiy obrazlardir (―Ma’rifat‖ gazetasi, 1 dekabr 2001 yil). eposda to’lib-toshib yashaydi. Epos ko’p hayotiy tafsilotlarni yoqtirgani uchun syujet barcha imkoniyatlarni ochib beradi. Syujet asarning mavzuiga, g’oyasiga muvofiq yaratiladi, ya’ni u asardagi voqealar mantig’idan xarakterlar mantig’i, xarakterlar mantig’idan voqealar mantig’i kelib chiqadigan universal qonuniyatga bo’ysinadi. Xarakter va voqea o’rtasidagi uyg’unlik, hamkorlik shu darajada bo’lishi lozimki, voqea xarakterni yaqqol ko’rsatishga, xarakter o’z navbatida voqea (tipik sharoit)ning mohiyatini tushunishga kalit bo’lishi lozim. Pirovardida shu kalit g’oyaning tirikligini, yuquvchanligini ochishi shart. Shu qonuniyat asosida epik asarda (masalan, ―O’tkan kunlar‖da uchta yo’nalishdagi voqealar...) syujetning ko’plab yo’nalishlari bo’ladi va voqealar silsilasi muayyan bosqichlar (muqaddima – dastlabki holat – tugun – voqea rivoji – kulminasion cho’qqi – yechim - xotima) bilan o’sib boradi. kechinmalarini, fikr-mushohadalarini, shart-sharoitni... so’zlar orqali tasvirlaydi, asardagi fikr-g’oyaning ro’yobi yo’lida ularni harakatga soladi. Bu holatlarni bir-biriga bog’lab, kitobxonga tushuntiradi. Ayni paytda, ma’naviyati, salohiyatini ta’sirchan qilib ochib beradi. Chunki har bir odamning nutqida uning bo’yi-basti (ruhiy kayfiyati, his-tuyg’ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so’z-xarakter ko’zgusi sanaladi‖. LIRIKA V.G.Belinskiy yozganidek, ―lirik asarning mazmuni ob’ektiv voqeaning taraqqiyoti emas, uning mazmuni - subyektning o’zi va u orqali o’tgan hamma narsadir... kishini mashg’ul etgan, to’lqinlantirgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ma’naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini lirika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi‖ (Tanlangan asarlar, 184-bet). Demak, lirikaning bosh xislati shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg’otgan tuyg’ularni so’z orqali voqye qilish san’atidir.
reallikdan o’tib, o’z ichiga o’zi yashirinadi va tashqi dunyoni o’zida aks ettirgan ichki hayotning mislsiz jilo va jilvalarini poeziyaga hadya etadi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi planda namoyon bo’ladi, biz hamma narsani faqat va faqat u orqaligina qabul etamiz va anglaymiz‖ (V.Belinskiy). Bu shaxsiylik, subyektivlikdir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling