Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
Download 0.49 Mb.
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy til.
Sensiz menga sabrdan o’zga nuqson yo’q,
Dilda hijroningdan o’zga armon yo’q, Jonimda shu darddan o’zga xirmon yo’q, Yo’q, yo’q, sabr ham yo’q, dil ham yo’q, jon yo’q! (A.Navoiy “Devoni Foniy”) deya o’qir ekansiz, bu dil izhori hozirgina qilinganday, hozirgina sodir bo’lib o’tganday taassurot qoldiradi. Uning qalbingizdagi harorati hali sovumaganday tuyuladi.
Lirik asar eng kichik asardir, chunki u bir oniy tuyg’uning birvarakayiga hayajonli tarzdagi ifodasidir. Tashqi ko’rinishi – misralardan, baytlardan iborat, muayyan vaznga solib yozilganidan musiqiy bo’ladi. dilni qitiqlovchi bo’lgani sabab – bir zumlik ―harorat‖ bilan uzoq yillarni, qalblarni ―isitadi‖, boyitadi, orzularga qanot beradi, ishonchlarni mustahkamlaydi. Lirik qahramon ―shoir shaxsi bilan estetik idealining quymasi‖ ekan, ular doimo yaxlitlashganda, musiqiylashganda, samimiylashganda doim ta’sirdordir, doim jozibadordir. Syujet adabiyotning uchinchi elementi va usiz badiiy asar bo’lishi mumkin emasligi qoidasini xotirga keltirsak, demak, lirikada syujet o’ziga xos bo’ladi. O’ziga xoslik – lirikaning subyektivlik mohiyatidan, lirik qahramonning dunyosidan kelib chiqadi va har bir lirik asarda ifodalangan oniy – ruhiy kechinma tarixi – boshlanishi, rivoji, xulosasi bilan o’lchanadi. Nodir Jonuzoq to’rtligining birinchi bayti: Bir xabar ilg’adim sahargi yeldin, Chiqqanmish qachondir Majnun bu eldin,- degan fikr-xabar berilsa, keyingi baytda: Yo Olloh, nahotki anglamadilar- U soyam edi-yu... men endi keldim! tarzida fikrga yakun beriladi. Demak, lirik qahramon kechinmasining bir oniy parchasiga joylangan tarix, garchi kechinma harakati siqiq va oddiy bo’lsa-da, ushbu asarning syujetidir. Shu sabab ―Nazariyai adabiyot‖ning muallifi Rahimi Musulmoniyonning ―Azbaski dar lirika amaliyotu voqea tasvir nameyobad, sujet ham dida nameshavad‖1 (―Lirikada amaliyotu voqea tasvirini topmas ekan, demakki, syujet ham bo’lmaydi‖) 1 Р.Мусулмониён. Назарияи адабиёт, китоби дарсй, Душанбе, “Маориф”, 1990, с- 131. degan hukmi asossizdir. Syujetning kechinma tarixi (bir onda, bir zumda boshdan kechayotgan holat, mikrovoqea) bilan bog’liqligini hisobga olmaslikning oqibatidir. 6. Badiiy til. Lirikada so’z mazmunan his-hayajonga yo’g’rilgan, nihoyatda tiniqlashgan, teranlashgan bo’ladi. Chunki, ―haqiqiy she’rda har bir so’z shakl-shamoyil, rang-bo’yoq, maza, salmoq vva ohangga ega‖ (Jamol Kamol)dir. ―So’zlar poeziyada qofiya, vazn, band, tovush takrori, so’z takrori (epifora, anafora, radif), inversiya, musiqiylik, ritm, turoq, misra, band, turkum, ritmik pauza jihatidan aloqador holda amal qiladi, prozada esa so’z bunday vazifani ado qilmaydi... poeziyada gap, jumla, so’zninggina emas, balki bo’g’in, nutq tovushlarining unli yo undoshligi ham o’ziga xos ahamiyatga ega; ular kuchli ―mehnat intizomi‖ga, tajribaga bo’ysinadi va yagona, muayyan sistemaga aylanadi, ayni shunday tartib nasrda yo’q...‖1 D R A M A ―Drama hozirgi zamonda o’quvchi yoki tomoshabin ko’zi oldida bo’layotgan kabi ko’ringan kechmish voqyedir‖, -deydi V.G.Belinskiy va unda shaxslar o’zlarini harakatda ifoda qilishlari kerakligini ta’kidlaydi. Chunki ―Epopeyada voqea, dramada odam hukmrondir‖. Dramada harakat bosh alomat sanalgani uchun, u quyidagi sir- asrorlarni o’zida jamlaydi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling