Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Download 0.49 Mb.
bet6/12
Sana11.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1190350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR

1. EPIK TURNING JANRLARI
Voqealarni hikoya qilishdek ustivorlik asosiga qurilgan barcha asarlarning jami- epik turni vujudga keltirgan. Shu sabab epos, doston, ballada, masal, ertak, hikoya, qissa, povest, roman, novella, poema, ocherk, felyeton, pamflet, esse, mif, rivoyat,
afsona, sayohatnoma, muhabbatnoma, safarnoma, ―xamsa‖, hikmatli so’z, cho’pchak, marsiya, madhiya, matal, aforizm kabi janrlar eposning mulki sanaladi. Ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
A.Eposning katta janrlari
Epos (yunoncha epos –co’z, nutq, hikoya)ning eng yirik janri epopeya(yunoncha epopoiia-rivoyatlar, qo’shiqlar majmuidir). ―Epopeya xalqning faqat go’daklik davrlarida, uning hayoti hali ikki qarshi tomonga – poeziya va prozaga ajratilmagan chog’da, xalqning tarixi faqat afsona bo’lgan zamonda, dunyo haqida uning tushunchalari faqat diniy
tasavvurlardan iborat bo’lganda, uning kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g’alabalarida ko’ringan zamonlardagina paydo bo’lishi mumkin‖ (V.Belinskiy, 167-bet).
Eposda xalq, millat, qabila taqdirini hal qiladigan buyuk tarixiy voqyelar tasvirini topgani sabab, uning bosh qahramoni tarix sanaladi. Eposda voqea hukmron bo’ladi va u ―tabiatning o’zginasi‖tarzida, ―taqdirning irodasi‖ bo’lib namoyon bo’ladi. Uni inson o’zgartira olmaydi, balki u insonni o’zining irodasiga bo’ysindiradi. Homerning ―Iliada‖ va ―Odessiya‖si, hindlarning ―Mahobhorat‖ va ―Ramayana‖si, qirg’izlarning ―Manas‖i, o’zbeklarning ―Alpomish‖i yuqoridagi mulohazalarning isbotidir.
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov ta’kid etganidek, tarixiy shaxsning bahodirliklari bilan bog’liq voqealar haqida yaratilgan turkum liro-epik qo’shiqlar asoslik vazifasini o’taydi. Keyinchalik shu qo’shiqlar o’zaro birikib, epik jihatdan to’lishib yagona epopeya shakliga ega bo’ladi, ya’ni qo’shiqdagi memorat(xotira) xiralashib, fabulat(epika)ga aylanadi.1
Biz bilgan ―Alpomish‖ klassik epos shaklidadir. U bu shaklga kirguncha tarixiy qo’shiq – arxaik epos—xalqaro ideal(syujet)—klassik epos jarayoni bosqichlarini o’tishi lozim bo’lganligini B.Sarimsoqov isbotlaydi: ―Birinchi bosqich- syujetning qadimgi shaklidan iborat bo’lib, biz uni shartli ravishda arxaik (eski) epos deb yuritamiz. Bu bosqichda qahramon urug’ yoki qabila boshlig’i bo’lib, o’z xatti-harakatida urug’ yoki qabila manfaatlarini himoya qiladi, uni dushmanlardan muhofazalaydi. Parchalanib ketshdan saqlaydi. U o’zga yurtlarda bahodirliklar ko’rsatib, o’z yorini olib keladi va oila qurish orqali ijtimoiy tuzumni izchillashtirishga intiladi. Shu bois, arxaik epos syujeti ixcham-bir qismdan iborat bo’ladi. Bunday syujetning esa xalqaro epik normalar miqyosiga ko’tarilishi qiyin. Chunki har bir urug’ yoki qabila o’zining mahalliy tarixiga, qismatiga ega va bu tarix yoki qismat o’zga etnoslar uchun qadrli bo’lmaydi‖(135-bet).
1 “Алпомиш”- Фзбек халқ қаҳрамонлик эпоси, Т., “Фан”, 1999, 133-бет (бундан кейинги иsтибосларда саҳифаларнигина кўрсатамиз).
Bu bosqichdagi syujetni ming yil bilan o’lchashdan ko’ra, yana shuncha yillar qo’shganda ham kamlik qilishini alohida ta’kidlash o’rinlidir.
Ikkinchi bosqichda urug’ va qabilaga xos bahodirlik ideallari-el-elat yoki xalq ideali darajasiga ko’tariladi, buni voqye qiladigan yangi syujet qo’shiladi: ―Erning o’z xotinining to’yiga notanish qiyofada kelishi va jasoratlar ko’rsatib, oxir oqibatda o’z yoriga, qo’lidan ketgan hokimiyatiga erishishdan iborat syujet esa xalqaro miqyosda tarqalgan syujet hisoblanadi. Masalan, bu syujet Homerga nisbat beriladigan yunon eposlari ―Iliada‖ va ―Odessiya‖da, o’zbek ―Alpomish‖ida, rus bilinasi ―Dobrinya va Alyosha‖da ham uchraydi‖ (138-bet).
Arxaik syujetga xalqaro miqyosdagi syujetning qo’shilishi va uning yaxlitlashuvi-parchalanib ketgan urug’ (el-elat)ni birlashtirish va xalq idealidagi adolatni qaytadan tiklash g’oyasini yuzaga chiqaradi; uning ta’sirchan ifodasi eposning umumbashariyligini ta’minlaydi; ―Alpomish‖ klassik epos namunasiga aylanadi (mana shu holatga kelganiga ming yil bo’lganini ta’kidlash asoslidir); uning jahoniy mazmunidagi o’zbek milliy ruhining jozibasini barcha anglaydi, uning ulug’vorligi-yu go’zalligidan hamma xalqlar bahra topadi, saboq chiqaradi.
Davrlarning o’zgarishi – eposni ham yangilaydi, qadimgi eposda olam – keng ko’lamda , katta hajmda aks ettirilgan bo’lsa, hozirgi zamon eposida olam – miniatyura shaklida (tomchida quyosh aks etganidek) tasvirini topa boshladi. Shuning uchun V. Belinskiy “roman – bu miniatyuradagi olam” degandi. Bu I. Sulton yozganidek, realistik ijodiy metodning tug’ilishi hamda tantanasi bilan bog’liqdir.
Yangi eposda ob’ektivlik va ko’lamdorlik xislati ortadi. Haqqoniylik oliy darajaga ko’tariladi. Voqeabandlik saqlangani holda, insonning hatti- harakati “taqdir irodasi” ga emas, balki real (tipik) sharoitning ta’siri bilan

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling