Ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o'tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon
to'kilishiga va qarama-qarshilikka yo'l qo'ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar
totuvligi, tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo'lishi zarur. Bu yo'lda men
jonimni fido qilishga tayyorman»( A. Azizxo'jayev. Davlatchilik va ma'naviyat.-Toshkent: Sharq,
1997,-B.17).
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim
vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining ming yillardagi an'analari
mustamlakachilik yillarida batamom inkor etilgan edi. O'zbekiston rahbariyati tarixiy
an'analarga, dunyo tajribalariga, ulkaning milliy -tarixiy rivojlanishiga, uning o'ziga xos
tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo'llarini ishlab chiqdi.
Bu jarayonda ikki vazifa:
Eski ma'muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va
mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari.
Huquqiy davlatga o'tishning ilk bosqichi - davlat qurilishining kafolati - O'zbekiston
Konstitusiyasidir.
O'zbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi ilg'or boshqaruv
tajribalari o'rganib chiqildi. Hamda eng asosiysi - milliy davlatchiligimiz an'analariga sodiq
qolindi.
Jahondagi turli davlatlarda davlat boshqaruvi shakli turlicha. Masalan, AKShda boshqaruvning
prezidentlik - respublika shakli, Buyuk Britaniyada parlamentar-monarxiya, Germaniyada
parlamentar -respublika, Fransiyada dualistik -respublika shakllari mavjud.
WWW.ARXIV.UZ
Do'stlaringiz bilan baham: |