Termiz Iqtisodiyot va sevis universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich


Download 455.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana05.05.2023
Hajmi455.58 Kb.
#1427847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 Mustaqillik yillarida O\'zbekistondagi ma\'naviy va madaniy (2)

Nega bunday ? 
Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy qadriyatlar har bir davlat demokratiyasiga, davlat 
boshqaruviga zamin bo'lishi kerak. Misol uchun, Buyuk Britaniyada monarxiya boshqaruv tizimi saqlab qolingan, 
hozirgi davrda Kirolicha davlat rahbari, lordlar palatasi milliy davlatchilik an'analaridan meros tarzda saqlab 
qolingan, yagona sistemalashtirilgan konstitusiya yo'q. AKShda atiga 6 ta moddadan iborat bo'lgan 1787 yilda 
qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi sifatida saqlanib qolingan. 26 ta 
qo'shimcha va o'zgartishlar bilan hozirgi kunda ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun 
xos bo'lgan maxsus konstitusion organi yuq. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shaklidagi 
davlatlar ichida faqat AKShdagina Prezident bevosita saylovchilar tomonidan saylab qo'yilmasdan, balki 
saylovchilarning maxsus kollegiyasi orqali saylanadi. Yaponiyada imperatorga xalqning sadoqati juda kuchli. 
Imperator hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan olingan(A.Azizxujayev .., 81-82 betlar.).
O'zbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy 
an'analarga katta e'tibor berildi. 
Endi O'zbekistonda davlat boshqaruvi masalasiga to'xtalsak. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasining 11 moddasi: «O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi» (O'zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi.-Toshkent: O'zbekiston,1992 yil.),-deyiladi. Konstitusiya mazmunidan ko'rinib turibdiki, davlat 
hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari 
Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa Sud organlariga taqsimlanib berilgan. Davlat 

Download 455.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling