Termodinamik potensiallar


Gibbs-Gelmgols tenglamalari


Download 36.05 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi36.05 Kb.
#1509777
1   2   3
Bog'liq
9 Termodinamik potensiallar

Gibbs-Gelmgols tenglamalari. A = U – TS, G = H – TS tenglamalari bilan , dG = dA + pdV + Vdp tenlamalarini birlashtirib, izotermik sharoitlarda sistemaning erkin energiya zahirasini harakterlaydigan Gibbs-Gelmgols tenglamalarini hosil qilamiz:
Bu tenglamalar asosida termodinamik potensiallar o‘zgarishi uchun ifodalar olamiz:
Bu tenglamalar ham Gibbs-Gelmgols tenglamalari deb yuritiladi. Ular izotermik jarayonlarda ΔGr yoki ΔAr ni ΔHr yoki ΔUr bilan entropiyani qo‘llamasdan bog‘lashga imkon beradi.
bo‘lgani uchun Gibbs-Gelmgols tenglamala-rini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ko‘pincha reaksiyalar borishi jarayonida Gibbs-Gelmgols funksiyalari o‘zgarishini hisoblashda oxirgi tenglamalardan foydalaniladi.
2. Kimyoviy potensial.
Umumiy ko‘rinishda sistema ichki energiyasining o‘zgarishi nafaqat issiqlik berish yoki issiqlik olish yoki ish bajarish natijasida, balki sistema komponentlari massasi o‘zgarishi natijasida ham sodir bo‘ladi.
Sistemadagi moddalar massasining o‘zgarishi sistema ichki energiyasining o‘zgarishiga olib keladi:
U = f(V,S,m1,m2•…..,mi)
Agar massaning muayyan birligi sistema ichki energiyasini μ ga o‘zgartirsa, u holda dm massa o‘zgarishi sistema ichki energiyasini μ dm ga o‘zgartiradi. Unda ichki energiyaning umumiy o‘zgarishi quyidagicha bo‘ladi:
dU = TdS – pdV – μdm
Agar V va T o‘zgarmas bo‘lsa:
-(TdS – dU) = μdm
- (TdS – dU) = dA
bo‘ladi.
Demak, o‘zgarmas hajm va o‘zgarmas haroratda sistema massasi bir birlikka o‘zgarganda μ Gelmgols energiyasining o‘zgarishi bo‘ladi.
O‘zgarmas bosim va haroratda esa
Bu yerda μ-sistema massasi bir birlikka o‘zgargandagi Gibbs energiyasining o‘zgarishi.
dU = TdS – pdV – μdm tenglamaga muvofiq


μ – kimyoviy potensial bo‘lib, sistema komponentlari massasi o‘zgarishi bilan sistema ichki energiyasining o‘zgarishini belgilaydigan kattalikdir.
Kimyoviy potensial sistema holatining funksiyasi bo‘lib, uning qiymati harorat, bosim (yoki hajm) va konsentratsiyaga bog‘liq.
Agar komponentlar massasi grammlarda ifodalansa, kimyoviy potensial solishtirma deyilib μsol bilan, mollarda ifodalansa molyar kimyoviy potensial deyilib, μM bilan belgilanadi.



Download 36.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling