Termodinamika asoslari
Download 305.93 Kb. Pdf ko'rish
|
11 Termodinamika asoslari
P
V 1 V dV 2 V P 1 2 Agar kuzatilayotgan gazga ideal gaz tarzida qaralayotgan bo‘lsa va kengayis jarayonida harorat o‘zgarmasdan qolsa, tashqaridan berilayotgan issiqlik miqdori to‘laligicha porshenning potentsial energiyasiga aylanib boradi. Sistemaga berilgan elementar issiqlik miqdori dQ sistema tomonidan bajarilgan elementar ish dA va shu jarayonda sistema ichki energiyasining o‘zgarishi dU bo‘lsa, ular orasidagi o‘zaro boglanishni energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagicha yozish mumkin: dA dU dQ (6) Sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishida ichki energiyasi 1 U dan 2 U gacha o‘zgargan va shu bilan bir vaqtda sistemaning tashqi kuchlariga qarshi bajargan ishi A ga teng va sistemaga berilgan issiqlik miqdori Q bo‘lsa, (9.6) formula bu jarayon uchun quyidagicha yoziladi: A U U Q 1 2 (7) (6) va (7) formulalar termodinamika birinchi qonunining matematik ifodasidir. Termodinamika birinchi qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin: sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining o‘zgarishiga va sistemaning tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishiga sarflanadi. Sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishidagi bajarilgan ish va issiqlik miqdori faqat boshlangich hamda oxirgi holatlarga bog‘liq bo‘lmasdan, sistemaning birinchi holatdan ikkinchi holatga qanday usul bilan o‘tganligiga ham bog‘liq. Boshqacha so‘z bilan aytganda, sistemaning berilgan holatini xarakterlovchi aniq bajarilgan ish va issiqlik miqdori mavjud emas. Ichki energiya esa sistema holatining funksiyasidir, ya’ni sistemaning har bir holati aniq ichki energiya bilan xarakterlanadi. Sistemaning istalgan holatdagi ichki energiyasining qiymati sistema bu holatga qanday usul bilan kelganligiga boglik emas. Demak, elementar jarayonda ichki energiyaning o‘zgarish jarayoni qanday yo‘l bilan sodir bo‘lganligiga bog‘liq emas. Bajarilgan elementar ish va elementar issiqlik miqdori jarayon qanday yo‘l bilan sodir bo‘lganligiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham dU - to‘la differensial bo‘lib, dQ va dA - to‘la differentsial emas degan xulosaga kelish mumkin. Ideal gazning issiqlik miqdori va sig‘imi. Berilgan jismning issiqlik sig‘imi deb, shu jism haroratini bir gradus oshirish uchun jismga berilishi zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi: dT dQ C jism (8) Jismning issiqik sig‘imi, avvalo, uning massasiga bog‘lik. Shuning uchun ham odatda, asosan, solishtirma issiqlik sig‘imi va molyar issiqlik sig‘imlari ko‘p ishlatiladi. Bir jinsli moddaning birlik massasining issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi deb ataladi. Bir mol jismning issiqlik sig‘imi molyar issiqlik sig‘imi deb ataladi. Moddaning molyar issiqlik sig‘imi C bilan, shu moddaning solishtirma issiqlik sig‘imi c orasida quyidagi munosabat mavjud: C = c M (9) Jism issiqlik sig‘imining kattaligi jismga qanday sharoitda issiqlik berilayotganiga bog‘liq. Masalan, agar gazga dQ issiqlik miqdori berilayotganida u kengayib borsa (tashqi kuchlarni engib ish bajaradi), gaz haroratining ortishi hajm o‘zgarmaydigan jarayondagiga nisbatan kam bo‘ladi. Endi hajm uzgarmas bulgan sharoitda molyar issiqlik sig‘imi CV va bosim o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda molyar issiqlik sig‘imi Cp bilan tanishib chikaylik. Bu issiqlik sig‘imlarini nazariy jihatdan gazning ichki energiyasi va bajarilgan ish ifodalari orqali hisoblash mumkin. Hajm o‘zgarmay qoladigan sharoit uchun molyar issiqlik sig‘imini quyidagicha ifodalash mumkin: Download 305.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling