GENLARNING BIRIKKAN HOLDA IRSIYLASHISHI
Mendel o‘z tajribalarida xushbo‘y no‘xat o‘simligining yetti juft irsiy belgisining nasldan naslga o‘tishini kuzatdi. Keyinchalik olimlarning ilmiy izlanishi natijasida har xil turga mansub organizmlardagi turli juft belgilarning irsiylanishi o‘rganilib, Mendel qonunlari isbotlab berildi. Natijada bu qonunlar umumiy xarakterga ega ekanligi tan olindi. Lekin keyingi ilmiy izlanishlar xushbo‘y no‘xatning ayrim belgilari — changchi shakli, gulning rangi nasllarda mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi. Nasllar ota-onaga o‘xshagan holda qoladi. Asta-sekin Mendelning uchinchi qonuni asosida bunday belgilar ko‘p to‘plana bordi. Shu narsa aniq bo‘ldiki, avlodlarda belgilarning ajralishi va kombinatsiyasida barcha genlar tarqalmaydi. Albatta ixtiyoriy organizmda belgilar soni nihoyatda ko‘p. Xromosomalar soni esa ma’lum miqdorda bo‘ladi. Har bir xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi. Bunday genlar bir-biri bilan birikkan genlar deyiladi. Ular birikkan guruhlarni tashkil etadi. Genlarning birikkan guruhi xromosomalarning gaploid to‘plamiga mos keladi. Misol uchun, odamda 46 ta xromosoma — birikkan guruhi 23 ta, drozofilada 8 ta xromosoma — birikkan guruhi 4 ta, no‘xatda 14 ta xromosoma — birikkan guruhi 7 ta bo‘ladi. Bitta xromosomada joylashgan genlar irsiylanishini quyidagi misol yordamida ko’rib chiqamiz.
Meva pashshasida tananing rangi kulrang bo'lishi, qora bo'lishi ustidan, qanotlaming uzun bo'lishi kalta bo'lishi ustidan dominantlik qiladi va bu genlar bir xromosmada joylashgan bo'lib, ular birikkan holda nasldan-naslga o'tadi. Morgan tanasi kulrang qanotlari uzun (AABB) meva pashshasini tanasi qora qanotlari kalta (rudimentlashgan)(aabb) meva pashshalari bilan chatishtiradi va F1 da tanasi kulrang qanotlari uzun bo'lgan duragaylarni oladi. Agar buni bizga ma'lum bo'lgan chatishtirish usulida (genlarni mustaqil irsiylanishi) ifodalasak quyidagi holat yuzaga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |