P ♂ A A X ♀ a a
B B b b
G A a
B b
F 1 A a
B b (kulrang tanali uzun qanotli)
Endi avvalgidek tahliliy chatishtirishni amalga oshiramiz.
P ♂ A a X ♀ a a
B b b b
G A a a
B b b
F 1 A a a a Fen: 1:1
B b b b Gen: 1:1
(kulrang tanali (qora tanali
uzun qanotli) kalta qanotli)
demak, bundan ko’rinib turibdiki AB va ab genlari har doim ham Mendel qonunlariga muofiq mustaqil holda emas balki, bir xromosomada birikkan holda nasldan-naslga o’tar ekan. Bu irsiylanishni Morgan genlarni to’liq birikkan holda irsiylanish deb ataydi.
Ayrim hollarda genlar to'liq birikkan holda irsiylanmasdan chala yoki to'liqsiz birikkan holda irsiylanishi ham kuzatiladi. Bunda ota-ona fenotipidan farq qiluvchi yangi ko'rinishdagi duragaylar hosil bo'ladi. Bu holatni meyoz bo'linishi profaza I bosqichidagi krossingover hodisasi bilan izohlash mumkin. Ushbu holatni quyidagi misol orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Morgan yuqoridagi tajribada F1 duragaylarni tahliliy chatishtirganda fenotipik jihatdan ota-onadan farq qiluvchi fenotipik guruhlarni oladi va buni u quyidagicha izohlaydi. Meyoz jarayoni profaza I bosqichida gomologik xromosomalar o'zlarining o'xshash qismlarini almashinishadi, ya'ni krossingover hddisasi yuz beradi, bunda o'xshash allel genlar o'z o'rinlarini almashadi, ya'ni dominant allel belgi o'z o'rnini retsessiv allel belgi bilan almashadi. Natijada –Fb (tahliliy chatishtirishda) da fenotipi ota-onadan farq qiluvchi avlod olinadi. Krossingover bo'lmaganda quyidagi (AaBb) genotipdan faqat ikki xil, gameta (AB va ab) hosil bo'ladi, krossingover sodir bo'lgandan so'ng esa yana ikki xildagi gameta (Ab va aB) olish mumkin bo'ladi.
Demak krossingoverni hisobga olsak AaBb genotipli organizm 4 xildagi gameta hosil qiladi.
Krossingoverga uchramaganlari, Krossingoverga uchraganlari
A a A a A a
B b B b b B
Do'stlaringiz bilan baham: |