Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


Download 1.16 Mb.
bet8/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

Mendelning uchinchi qonuni. Bir juft allellarning irsiylanishi, Mendel uchun dominantlik, duragaylarda retsessiv allellarni o‘zgarmasligi, belgilar­ning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish imkonini berdi. Ajralish hodisasi, gametalar juft allellarning faqat bitta genini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sofligini o‘rganish imkoniyatini berdi.
Lekin organizmlar bir-biridan juda ko‘p belgilari bilan farq qiladi. Ikki va undan ortiq belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va poliduragay chatishtirish orqali o‘rganish mumkin.
Diduragay yoki poliduragay chatishtirish deb, ikki yoki undan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlarning o‘zaro chatishtirishga aytiladi. Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini o‘zaro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya’ni sariq-silliq bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish natijasida A gen В gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shuningdek, a gen В gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin.
Har bir organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, statistik qonuniyat bo‘yicha har bir duragayda to‘rt xilda 25 % dan — AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mum­kin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta organizm gametalari, vertikal bo‘yicha katakchalaming chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi. Katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi. F2 da hosil bo‘lgan organizmlarni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.
Duragaylar fenotip bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘linadi: 9 ta sariq silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan duragaylar hosil bo‘ladi. Agar har bir belgilar bo‘yicha ajralishni hisoblab chiqiladigan bo‘lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga nisbatan 3:1 bo‘ladi. Shunday qilib, diduragay chatishtirishda har juft belgilar boshqa juft belgilarga bog‘liq bo‘lmagan holda xuddi monoduragay chatishtirishdagidek ajralishga uchraydi.
Urug‘lanish jarayonida gametalaming tasodifan uchrashish ehtimoli barchasi uchun bir xil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigotalarda genlaming har xil kombinatsiyalari amalga oshadi. Diduragay chatishtirishda genlaming turli kombinatsiyalari natijasida belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi, agarda juft allel genlar har xil gomologik xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi.
Mendelning uchinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.
No’xat o’simligida urug’ning sariq(A) va silliq(B) bo’lishi yashil(a) va burushgan(b) bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. Bu ikki belgi(meva rangi va shakli)li no’xatlar chatishtirilsa birinchi bo’g’in avlodlari dominantlik qonuniga muofiq mevalari sariq va silliq holatda bo’ladi. Lekin birinchi avlodlar o’zaro chatishtirilsa fenotipik jixatdan 4ta guruh (9:3:3:1) genotipik jihatdan 9ta guruh (1:2:2:4:1:2:1:2:1) hosil bo’ladi. Buni quyidagicha ko’rsatish mumkin.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling