Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


Download 1.16 Mb.
bet4/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

G.MENDEL QONUNLARI


1-qonuni. “Dominantlik” yoki “Belgilarning birinchi bo’g’inda bir xilligi”
Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan — irsiy jihatdan bir juft belgisi bilan farq qiladigan ota-ona organizmlarni chatishtirishdan boshladi.
Doni sariq va yashil no‘xat o‘simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olinadigan birinchi avlod duragaylaming hammasida doni sariq bo‘ladi. Qarama-qarshi belgi (donlarning yashilligi) go‘yo yo‘qolib ketadi. Shuningdek, doni silliq va burishgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda bi­rinchi avlod (F1) silliq donli bo‘lgan, qizil va oq gulli no‘xatlarni o‘zaro chatishtirilganda F1 (birinchi bo‘g‘in) qizil gulli bo‘lgan. Mendelning bi­rinchi avlod duragaylarining bir xilligi mana shunday namoyon bo‘ladi. Don­laming sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go‘yo yo‘l qo‘ymaydi va F1 duragaylarning hammasi sariq (bir xil) bo‘lib qoladi.
Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi dominant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni — dominantlik qonuni yoki bi­rinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni deb ataladi.
Ko‘zdan kechirilayotgan misollarda donning sariq, silliq formalari, gulning qizil rangi, donning yashil, burishgan, gulning oq rangi ustidan domi­nantlik qiladi. Qarama-qarshi, F1 da namoyon bo‘lmaydigan belgi retsessiv belgi deb ataladi. Dominant belgilar katta harflar bilan, misol uchun (A) retsessiv belgi esa kichik harf (a) bilan belgilanadi.
Agar organizm genotipida ikkita bir xil genlar bo‘lsa, bunday organizm gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo‘ladi.
Agar genlar bir-biridan farq qilsa, ya’ni biri dominant, ikkinchisi retsessiv (Aa yoki Bb) bo‘lsa, bunday genotipli organizm geterozigota or­ganizm deyiladi.
Mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo‘lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo‘ladi.
No‘xat о‘simligining guli qizil va oq bo‘lgan navlarni o‘zaro chatishtirib, F1 bo‘g‘inda olingan natijalarni ko‘ramiz.

P ♂ AA(qizil) Xaa(oq)



G A a
F1 Aa (qizil)

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling