Chala dominantlik. Birinchi avlod duragaylari bir xil bo‘ladi degan qonun yuqorida ko‘rib chiqilgan misollarda shu bilan ifodalanadiki, duragaylaming hammasi sirtdan ona yoki otaga o‘xshash, ya’ni dominantlik namoyon bo‘lganda amalga oshadi. Bu hamisha ham kuzatilavermaydi. Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligi ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki — oq. Birinchi avlod duragaylarining hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.
P ♂AA(qizil) X ♀aa(oq)
G A a
F1 Aa (pushti)
Chala dominantlik keng tarqalgan hodisadir. Chala dominantlik, ya’ni oraliq irsiylanish qulupnay mevasining rangi, qushlar patining tuzilishi, andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va boshqalarda kuzatiladi.
2-qonuni. (belgilarni ajralishi). Agar geterozigota holatdagi F1 bo‘g‘inlar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘in (F2)da ajralish hodisasi kuzatiladi: o‘zida ota-onalaridan ikkalasining belgilari bor o‘simliklar ma’lum son nisbatlarida paydo bo‘ladi. Olingan duragaylarning 3/4 qismi dominant belgiga, 1/4 qismi retsessiv belgiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi misolda gomozigota qizil va oq gulli no‘xatlar o‘zaro chatishtirilib, F1 da qizil gulli no‘xatlar olindi. F1 ni o‘zaro chatishtirib ko‘ramiz:
F1 ♂Aa (qizil) X ♀Aa (qizil)
G A a A a
F2 AA Aa Aa aa
(qizil) (qizil) (qizil) (oq)
Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlodlarning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa retsessiv belgilarni namoyon qiladi. Bu jarayon belgilarning ajralishi deb ataladi.
Shunday qilib Mendelning ikkinchi qonuni, ajralish qonuni bo‘lib, uni quyidagicha izohlash mumkin: geterozigota holatdagi ikkita F1 bo‘g‘inni o‘zaro chatishtirish natijasi ikkinchi bo‘g‘in (F2) da quyidagicha nisbatda ajralish kuzatiladi, fenotip bo‘yicha3:l, genotip bo‘yicha 1:2:1.
F2da olingan organizmlarning 25 %i gomozigota holatda dominant (AA), 50%i dominant belgi bo‘yicha geterozigota (Aa), 25%i retsessiv belgi bo‘yicha gomozigota (aa) bo‘ladi. demak, F1 bo’ginda yuzaga chiqmagan retsessiv belgi(oq a), F2 bo’g’inda namoyon bo’lar ekan.
Chala dominantlikda F2 bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat 1:2:1 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |