MONODURAGAY CHATISHTIRISH
(MENDELNING 1 VA 2 QONUNLARI)
1. No’xat o’simlida gulini qizil rangi oq rangga nisbatan to’liq dominantlik qiladi.Agar qizil rangli gomozigotali no’xat oq rangli no’xat bilan chatishtirilsa F1 avlodning fenotip va genotipi qanday bo’ladi?
A) fenotip bo’yicha oq; genotip bo’yicha aa
B) fenotip bo’yicha qizil; genotip bo’yicha AA
C) fenotip bo’yicha pushti; genotip bo’yicha Aa
D) fenotip bo’yicha qizil; genotip bo’yicha Aa
Yechim:
No’xat o’simlida gulini qizil rangi oq rangga nisbatan to’liq dominantlik qiladi.
Demak: AA-qizil(dominant), aa-oq(setsessiv).
Qizil rangli gomozigotali no’xat oq rangli no’xat
bilan chatishtirilsa-
qizil gomozigota AA va oq aa
P ♂AA X ♀aa
G A a fenotip:
barchasi qizil
F1 Aa(
qizil) genotip: Aa
demak, fenotip bo’yicha barchasi qizil; genotip bo’yicha Aa. D-variant muqobil hisoblanadi.
2. No’xat o’simligini gullarini shoxlari uchida joylashganligi barg qo’ltig’ida joylashganligiga nisbatan resessiv gen hisoblanadi. Agar gullari barg qo’ltig’ida joylashgan genotip bo’yicha gomozigotali no’xat o’simligi gullari shoxlari uchida joylashgan o’simlik bilan o’zaro chatishtirilsa F1 avlodning fenotip va genotipi qanday bo’ladi?
A) fenotip bo’yicha gullari barg qo’ltig’ida joylashgan; genotip bo’yicha
esa aa
B) fenotip bo’yicha gullari barg qo’ltig’ida joylashgan; genotip bo’yicha
esa Aa
C) fenotip bo’yicha gullari ham barg qo’ltig’ida ham
shoxlari uchida joylashgan; genotip bo’yicha Aa
D) fenotip bo’yicha shoxlari uchida joylashgan; genotip bo’yicha aa
Do'stlaringiz bilan baham: