Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika
JINSDA BIRIKKAN HOLDA NASLDAN NASLGA O‘TISH
Download 1.16 Mb.
|
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN
JINSDA BIRIKKAN HOLDA NASLDAN NASLGA O‘TISH.
Hayvonot olamidagi jinsiy farqlarning kelib chiqishi, jinsni aniqlash mexanizmi, jinslar o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganish biologiya uchun nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hayvonlar jinsi sun’iy yo‘l bilan boshqarilganda edi, qishloq xo‘jaligi uchun juda katta foyda keltirgan bo‘lardi. Jins tuxum hujayra urug‘langandan keyin ma’lum bo‘ladi. Ayrim jinsli organizmlarda (jumladan odamda ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni tashkil etadi. Ko‘pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va urg‘ochilarida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi xromosomalar soni misolida tanishib chiqaylik. Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. Uch juft xromosomalari jihatidan olganda bu pashshalar jinslari bir-biridan farq qilmaydi. Lekin bir juft xususiga kelganda muhim tafovutlar mavjud. Urg‘ochisida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar bor, erkagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg‘ochilaridan farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar autosomalar deb ataladi. Erkaklari bilan urg‘ochilarida bir-biridan farq qiladigan xromosomalari esa jinsiy xromosomalar deyiladi. Shunday qilib, drozofillaning xromosomalari soni oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. Urg‘ochi pashshada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo‘ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma X-xromosoma, ikkinchi jinsiy xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, erkak pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma) Y-xromosoma deyiladi. Erkak va urg‘ochi pashshaning xromosomalari to‘plamidagi bu jinsiy tafovutlar ko’payish jarayonida qanday saqlanib qoladi? Bu savolga javob berish uchun meyozda va urug‘lanishda xromosomalar qanday holatda bo‘lishini aniqlab olish zarur. Urg‘ochi pashshaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasida har bir tuxum hujayraga to‘rtta xromosomadan iborat gaploid to‘plam, shu jumladan, bittadan X-xromosoma o‘tadi. Meyozda erkak pashshada ikki xil spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy xromosomalar hujayraning qarama-qarshi qutblariga tarqalib ketadi. Shunday qilib, X-xromosoma bir qutbga, Y-xromosoma ikkinchi qutbga boradi. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng miqdorda hosil bo‘ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bilan bitta X-xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta Y-xromosoma bo‘ladi. Urug‘lanishda ikkita kombinatsiya bo‘lish ehtimolligi bir xil. Tuxum hujayrani X yoki Y-xromosomali sperma urug‘lantirishi mumkin. Birinchi holda urug‘langan tuxumdan urg‘ochi pashsha, ikkinchi holda erkak pashsha rivojlanadi. Jins ko‘pchilik organizmlarda tuxum hujayra urug‘langandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. .Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi drozofiladagi kabi bir xil. Odam xromosomalarining diploid soni — 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosomalar soni ikkita X-xromosomadan, erkaklarda bitta X va bitta Y-xromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki xil spermatozoidlar — X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi bir hasharotlarda) Y-xromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagining xromosomalari bittaga yetishmaydi: X va Y-xromosomalar o‘rnida bitta X-xromosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayonida erkak gametalar hosil bo‘lib kelayotganida X-xromosoma kon’yugatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va hujayralarning biriga o‘tadi. Natijada barcha spermatozoidlarning yarmisi X-xromosomali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hujayra X-xromosomali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita — X-xromosomasi bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi organizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra X-xromosoma yo‘q spermiy bilan urug‘lansa, u holda bitta X-xromosomasi bo‘lgan organizm bunyodga keladi, u erkak bo‘lib chiqadi. Shu bilan birga tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham borki, u urg‘ochi jinsning geterogametalik bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Bu o‘rinda hozirgina ko‘rib o‘tilgan munosabatlaming teskarisi bo‘ladi. Urg‘ochi jinsga har xil jinsiy xromosomalar yoki faqat bir X-xromosoma xos bo‘ladi. Erkak jinsi bir xildagi X-xromosomalar juftiga ega bo‘ladi. Ma’lumki, bunday hollarda urg‘ochi jins geterogametali bo‘ladi, holbuki, spermiylarning hammasi xromosoma to‘plami xususida bir xil bo‘lib qolaveradi (ulaming hammasida bitta X-xromosoma bo‘ladi). Demak, embrion jinsi tuxum hujayraning X-xromosomali yoki Y-xromosomali spermiy yordamida urug‘lanishi bilan aniqlanadi. Urg‘ochi jinsning geterogametaligi kapalaklarda, qushlarda va sudralib yuruvchilarda kuzatiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling