Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


Download 1.16 Mb.
bet16/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

KOMPLEMENTARIYA
1. Odamlarda normal eshitish xar hil autosomalarda joylashgan ikki juft dominant genlarning komplementarlik ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Bu genlarning bir yoki ikki jufti resessiv holda bo’lsa odamda kar-soqovlik namoyon bo’ladi. Kar-soqov ota-onalardan F1 da sog’lom farzand tug’ildi. F2 da tug’iladigan farzandlarning necha foizini kar-soqov bo’ladi?
A) 25 B) 43,75 C) 56,25 D) 50


Yechim: Genlarning bir yoki ikki jufti resessiv holda bo’lsa odamda kar-soqovlik namoyon bo’ladi(AAbb, aaBB, aabb,Aabb, aaBb).
F1 avlodda kar-soqov bo’lmagan farzandlar (AaBb, AABB, AaBB, AABb) tug’ulishi uchun ota-ona genotipida dominant noallel genlar (A-B-) saqlanishi kerak.


P AAbb X aaBB
G Ab aB
F1 AaBb
F2 avlodni olish uchun F1 avlod o’zaro chatishtiriladi.

AaBb X AaBb





G♂


G ♀

AB

Ab

Ab

ab

AB

AABB



AABb



AaBB



AaBb



Ab

AABb



AAbb



AaBb



Aabb



aB

AaBB



AaBb



aaBB



aaBb



ab

AaBb



Aabb



aaBb



aabb



F2 da tug’ulgan 16ta farzandlar orasidan 7tasi kar-soqov hisoblanadi.


Demak, 7*100%/16=43,75% farzandlar kasal hisoblanadi. B-variant muqobil hisoblanadi.

2. Qovoq o’simligi mevasining shakli ikki jufi


komplementar genlar bilan belgilanadi.
Yumaloq shaklli qovoqlar chatishtirilganda F1
da gardishsimon shaklli qovoqlar hosil bo’ladi.
Quyidagi genotiplaming qaysi biri qovoqning
yumaloq shaklini belgilaydi?
I )Aabb, 2)AABb; 3)AABB; 4)AaBB; 5)AaBb.
6)aaBB, 7)aaBb; 8)AAbb
A) 2,3,4, 5 B) 1,6,7,8
C) 1,2,4,5 D) 3,4,7,8

3. Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq


shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da
gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo’g’inda 450
ta o’simlik gardishsimon, 300 ta o’simlik
yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib
chiqdi. F2 bo’g’inda olingan uzunchoq mevali
o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan?
A) aabb В) AaBb
C) aaBB D) AAbb

4. To’tiqushlarda patning yashil bo’lishi A-B, havorang bo’lishi A-b, sariq bo’lishi a-B, oq bo’lishi a-b genlarning komplementar kelishiga bog’liq. AaBb x Aabb genotipli ota-onadan tu’g’ilgan jo’jalarning necha foizini oq patli jo’jalar tashkil qiladi?


A) 6,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 25

5. Drozofila meva pashasida ko’zning qizil rangi ikki dominant noallel genlarning komplementar ta’siriga bog’liq. Birinchi juftning dominant geni va ikkinchi juftning retsessiv genlari jigarrang ko’zni, birinchi juftning retsessiv va ikkinchi juftning dominant genlari och qizil ko’zni, har ikki juftning retsessiv genlari oq ko’zni nomoyon qiladi. Digeterozigotali genotipli urg’ochi pashsha oq ko’zli erkak pashsha bilan o’zaro chatishtirilib, 120 ta jigarrang ko’zli pashshalar olingan. Och qizil ko’zli pashshalarning sonini ko’rsating?


A) 120 B) 240 C) 480 D) 30

6. Ipak qurtlarida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib pillaning sariq rangda bo’lishini ta’minlaydi, qolgan barcha holatlarda pilla rangsiz bo’ladi.Qaysi chatishtirishda 9:7 nisbat kuzatiladi?


A) AaBb x Aabb B) AaBb x AaBb
C) aaBb x AaBb D) Aabb x aaBb

7. No’xat o’simligida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib, gulning qizil rangda bo’lishini ta’minlaydi, har bir juftning dominant geni yakka holda, retsessiv genlarning komplementar kelishi rangni rivojlantira olmaydi. Qaysi chatishtirishdan faqat ransiz gullar olish mumkin.


A) AaBb x aabb B) AABb x aaBB
C) aaBb x AAbb D) aaBB x AaBb

8. Tovuqlarda toj shakli ikki juft allel bo’lmagan genlarning o’zaro komplementar ta’siriga bog’liq. Birinchi va ikkinchi juftning dominant geni yong’oqsimon, birinchi juftning dominant geni va ikkinchi juftning retsessiv genlari gulsimon, birinchi juftning retsessiv va ikkinchi juftning dominant genlari no’xatsimon, har ikki juftning retsessiv genlari oddiy tojni nomoyon qiladi. Digeterozigotali genotipli tovuq van xo’rozlar chatishtirilganda yong’oqsimon tojning no’xatsimon tojga (a) gulsimon tojning oddiy tojga (b) nisbati qanday bo’ladi?


A) a-9:3; b-3:3 B) a-9:3; b-3:1
C) a-9:1; b-3:1 D) a-9:7; b-3:1

9. Odamda yaqindan ko’rish dominant belgi


bo’lib,turli darajada nomoyon bo’ladi. Genotipda har ikkala dominant genlar kelsa yaqindan ko’rishning yuqori darajasi, dominant genlarning faqat bittasi uchrasa yaqindan ko’rishning o’rta darajasi, dominant genlar kelmasa normal ko’rish yuzaga chiqadi. Yuqori darajada yaqindan ko’radigan erkak, normal ko’radigan ayol bilan turmush qurgan. Ulardan 20 ta yuqori darajada yaqindan ko’radigan, 40 ta o’rta darajada yaqindan ko’radigan va 20 ta normal ko’radigan farzandlar tug’ilgan. Ota-onaning genotipini ko’rsating?
A) AaBb x aabb B) AABb x aabb
C) AaBb x aaBb D) aaBb x Aabb

11. Tovuqlarda tojning shakli ikki juft komplementar genlarga bog’liq. Bir xil genotipli yong’oqsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishtirildi. F1 da 256 ta nasl olindi. Ulardan nechtasi yong’oqsimon, gulsimon, no’xatsimon va oddiy tojli bo’ladi?


A) 144; 48; 48; 16 B) 48; 144; 48; 16
C) 122; 26; 26; 12 D) 16; 48; 48; 144

12. Odamlarda normal eshitish har xil autosomalarda joylashgan ikki juft dominant (A-B) genlarning komplementarlik ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Bu genlarning bir yoki ikki jufti resessiv holda bo’lsa odamda kar-soqovlik namoyon bo’ladi. Qaysi chatishtirishda kar–soqov bolalar tug’ilmaydi?


A) AaBb x aabb B) AABb x aaBB
C) aaBb x AAbb D) aaBB x AaBb

13. Sariq va havorang patli to’tiqushlar o’zaro chatishtirilib yashil rangli jo’jalar olingan. Ota-ona va jo’jalarning genotipini ko’rsating?


A) AABB x aabb; AaBb
B) AAbb x aaBB; AaBb
C) aaBB x AABb; AaBb
D) Aabb x aaBb; Aabb

14. Qaysi javobda faqat yumaloq shaklli oshqovoqlarning genotipi berilmagan?


A) AAbb, aaBb, Aabb
B) aaBB, AAbb, Aabb
C) AaBb, AABB, AABb
D) A va C

15. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo’lishi asosiy P va R genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini dominant D gen bo’lgandagina fenotipda namoyon etiladi. Shunga ko’ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko’k-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-genotipli tugunagi pushti rangda bo’ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo’ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil-binafsha tugunakli o’simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o’simlik bilan chatishtirilganda F1 da 152 ta o’simlik hosil bo’ldi. Ulardan nechtasi pushti rangli bo’ladi?


A) 152 B) 8 C) 19 D) 10

16. Itlarda junning qora bo’lishi A-B, malla bo’lishi A-b, qo’ng’ir bo’lishi a-B, och sariq bo’lishi a-b genlarning komplementar kelishiga bog’liq. Qanday genotipli ota-onadan barcha rangdagi kuchukchalar olish mumkin?


A) Aabb x aabb B) Aabb x aaBb
C) AaBb x AAbb D) aaBb x AaBb

17. Sichqonlarda jun rangining kulrang bo’lishi dominant A va B genlarning komplementar ta’siriga bog’liq. A dominant geni mustaqil holda qora bo’lishini, B gen esa A geni ishtirokisiz junning rangli bo’lishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun genotipda dominant B bo’lsa ham sichqonlar oq junli boladi. Ikki juftning retsessiv genlari ham junning oq bo’lishiga sabab bo’ladi. Qaysi javobda faqat rangsiz sichqonlar genotipi berilgan?


A) Aabb, AaBb, AAbb
B) aaBB, aabb, aaBb
C) AaBb, AABB, AaBB
D) Aabb, aaBb, aabb

18. To’tiqushlarda patlar rangi ikki juft birikma-


gan va allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling