Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari


Download 1.23 Mb.
bet15/16
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#222959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-amaliy

DVD diskovodi. 3,5 dyuymlik (diagonali 88 millimetr bo’lgan) optik disklardagi ma’lumotlarni o’qib kompyuter xotirasiga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni shunday disklarga yozishga (DVD-RW yoki DVD-ReWrite diskovodlari) xizmat qiluvchi qurilmadir. DVD diskovodlarining tezkorliklari, ularning standart tezkorligiga ya’ni, 1 Megobayt/soniya tezlikda ma’lumotlarni o’qiy olish yoki yoza olish imkoniyatiga nisbatan hisoblanadi. Hozirda, tezkorligi 8x, 10x, 16x va 20x bo’lgan diskovodlar ishlab chiqilgan. Masalan, unumdorligi 20x (20 karrali) bo’lgan diskovodning unumdorligi soniyasiga 20x1=20 Megobaytni tashkil qiladi.

Videokarta. Monitor bilan bitta tizimni tashkil qiluvchi qurilma (karta) bo’lib asosiy vazifasi, monitor ekranidagi tasvirlarni maxsus signallar orqali mashina kodlariga aylantirib

kompyuter xotirasiga yozish va aksincha kompyuter xotirasidagi shunday kodlarni tasvirlarga aylantirib monitor ekraniga uzatishdir.

Asosiy ko’rsatkichlaridan biri – videoxotiralarining (VideoRAM ning) sig’imidir. Bundan tashqari, ikki o’lchovli (2D) va uch o’lchovli (3D) tasvirlar bilan ishlay olish xususiyatlari bilan ham farqlanadi.

Audiokarta. Audiokolonkalar bilan bitta tizimni tashkil qiluvchi qurilma (karta) bo’lib asosiy vazifasi, mikrofondan kiritilayotgan ovozli ma’lumotlarni maxsus signallar orqali mashina kodlariga aylantirib kompyuter xotirasiga yozish va aksincha kompyuter xotirasidagi shunday kodlarni ovoz to’lqinlariga aylantirib aylantirib audiokolonkalarga uzatishdir.

Aktiv va passiv audiokartalarga bo’linadi. Bundan tashqari, bir o’lchovli (mono), ikki o’lchovli (stereo) va uch o’lchovli (hajmiy) ovozli ma’lumotlar bilan ishlay olish xususiyatlari bilan ham farqlanadi.



Monitor. Videokarta bilan bitta tizimni tashkil qilib, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqot qilishiga xizmat Qiluvchi asosiy vositadir. Chunki, foydalanuvchining kompyuterga atalgan barcha ma’lumotlari hamda buyruqlari ham, kompyuterning foydalanuvchiga atalgan ma’lumotlari ham, kompyuterning ishlash jarayonini aks ettirib boruvchi ma’lumotlar ham aynan shu qurilmaning ekranida aks etib boradi. Bu jarayonlar, shunday qulay va ko’rgazmali tarzda kechadiki, foydalanuvchida u bilan kompyuterning boshqa qurilmalari emas faqat monitor ishlayotgandek taasurot tug’iladi. Elektron-nur trubkali, suyuq krisstalli va plazmali monitorlar monitorlar ishlab chiqarilgan. Hozirda, kelajak monitorlari - biologik monitorlarni yaratish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Klaviatura. Kompyuterga ma’lumotlarni, buyruqlarni kiritishga xizmat qiluvchi qurilma bo’lib, bu ma’lumot va buyruqlar uning maxsus tugmachalari (klavishlari) yordamida kiritiladi. Vazifalariga ko’ra klaviatura tugmachalari harfli (harflarni va Vazifalariga ko’ra klaviatura tugmachalari harfli (harflarni va imloviy belgilarni kiritish uchun), raqamli-belgili (raqamlarni hamda maxsus belgilarni kiritish uchun), funksional (ayrim amallarni bajaruvchi buyruqlarni kiritish uchun), maxsus (maxsus buyruqlarni kiritish uchun) va Windows tugmachalari (Windows buyruqlarini kiritish uchun) kabi guruhlariga bo’linadi. Eng ko’p tarqalgan turlari oddiy, ko’p funksionalli, ergonomik, infraQizil, radio va elastik klaviaturalardir.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling