Texnik jihatdan tartibga solish to‘G‘risida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Download 50.96 Kb.
|
tjts dVLAT TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi; texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi; texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi; umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi: texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi; davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi; umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi; davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o’z vakolati doirasida ekspertizadan o’tkazadi; o’z vakolati doirasida: xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi; mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, mahsulotning namunalarini olish, sinovlari va o‘lchovlari usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi; umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o’z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi; texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Download 50.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling