Texnik jihatdan tartibga solish to‘G‘risida


O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Download 50.96 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi50.96 Kb.
#1528396
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tjts dVLAT TIZIMI

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog’lig’i uchun zararli bo’lgan moddalar, kasallik tug’diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo’ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo’llash bo’yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
Ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o’z vakolati doirasida:

  • texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritadi;

  • umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o’tkazadi;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;

  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazadi;

  • umumiy texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

  • maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;

  • umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 50.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling