Texnik jihatdan tartibga solish to‘G‘risida


-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari


Download 50.96 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi50.96 Kb.
#1528396
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tjts dVLAT TIZIMI

4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;
texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.
6-modda. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.


Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari.


Download 50.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling