Texnik konstruksiyalsh va


Download 216.03 Kb.
bet36/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

Murakkab birikmalar. Murakkab birikmalar yelim yordami bilan biriktiriladigan birikmalarga murakkab birikmalar deyiladi. Murakkab birikmalar ikki detaldan tashkil topib, biri “tirnoq”, ikkinchisi “quloqcha” deb yuritiladi. Agar tirnoq va quloqchalar ikkitadan ko‘p bo‘lsa, “ko‘p tirnoqli birikma” deyiladi. Bu tirnoqli birikmalar mebelsozlik, shaxmat taxttachalarini, dastgohlarni yasashda qo‘llaniladi. Murakkab birikmalarni xillari ko‘p bo‘lib, qoldirg‘och quyruq, o‘rtalik birikmalar, yashirin birikmalar deb ataladi. Qaldirg‘och quyruq birikmalar ko‘proq rom, eshik kesakilarini tayyorlashda, yog‘ochdan uylar solishda ishlatiladi.
Yog‘och turlari.
1.Tog‘ teragi-(osina)-bargli daraxt. Po‘stlog‘ining rangi sarg‘imtir, yupqaroq, tanasining qismlarida chatnog‘i bo‘ladi. Yumshoq yog‘och turiga kiradi, yengil oqish rangli hamda chidamsiz, yillik halqalari aniq. Yog‘ochni ishlash oson, undan o‘yinchoqlar, idishlar, eshik, faner, gugurt, har xil buyumlar yasaladi.
2.Oq qarag‘ay- (pixta)-po‘stlog‘i yupqa, silliq kulrang tusda bo‘ladi. Yumshoq, yengil, oson ishlanadi. Biroz qoramtir dog‘li bo‘ladi. Qorag‘ay tik 120-150 yil bo‘ladi. U yumshoq yog‘och bo‘lib, uni yorish, arralash, yelimlash, bo‘yash, laklash oson. Qarag‘ayning yillik halqalari aniq ko‘rinib o‘ziga xos ko‘rinishga ega.
3.Baqaterak-bargli daraxt turiga kirib, uning po‘stlog‘i silliq, rangi oq ko‘kish bo‘ladi, tanasi to‘g‘ri bo‘lib sershox bo‘ladi. Yog‘ochi oqish tusda bo‘lib hamda chidamsiz. U qurilish ishlarida, o‘ymakorlik. Duradgorlik buyumlarini tayyorlashda ishlatiladi.
4.Mirzaterak-(topol)-bargli daraxt turiga kirib, po‘stlog‘i sarg‘ish, kam chatnaydi, u silliq bo‘ladi. Kam shoxli tanasi to‘g‘ri bo‘lib, yog‘ochi oq tusli, hamda chidamsiz bo‘ladi. Mirzaterak duradgorlik va yog‘och o‘yiakmorlikda keng ishlatiladi.
5.Oq qayin-(beryoza)-bargli daraxtlar turiga kiradi, uncha qalin bo‘lmagan oqish po‘stloqli bo‘ladi. Po‘stlog‘i palaxsa-palaxsa bo‘lib yorilgan, yog‘ochi qattiq, oq tusli, yog‘ochi qiyin ishlanadi, yillik halqalari bilinar-bilinmas, hamda chidamsiz, lekin yaxshi pardozlanadi. Oq qayindan asosan faner, mebellar, egri chiziqli yog‘och detallar va boo‘qalar tayyorlanadi, yog‘och o‘ymakorligida qo‘l kelmaydi.
6.Qora qayin-(buk)-bargli daraxt turiga kiradi. Sarg‘ish-qizimtir tovlanadigan oqish tusli, og‘ir yog‘och, hamda chidamsiz, radial qirqimibo‘yicha chiroyli, tabiiy gulli, qattiq qovushqoq yog‘och, halqalari yirikroq va aniq ko‘rinadi. Egiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun fanelar, mebellar, chizmachilik asboblari tayyorlashda qo‘l keladi, qattiq bo‘lgani uchun yog‘och, mix, parket, yog‘och o‘ymakorligida keng ishlatiladi.
7.Chinor-(platan)-po‘stlog‘i qizg‘ish, sariq tusli yupqa, silliq bo‘ladi. Chinor yog‘ochi qattiq, pishiq-puxta, ishlash qiyin, tabiiy gullari chiroyli, uning rangi qizg‘ish-qoramtir. Chinordan qimmatbaho mebel randalangan fanerlar tayyorlanadi.
8.Nok-(grusha)-qalin po‘tloqli, chvtnagan bo‘lib, yog‘ochi to‘q jigarrang, mo‘rt, qattiq, yillik halqalari bilinar-bilimas bo‘ladi. Nok daraxtidan gul bosadigan qoliplar, randalangan fanerva qimmatbaho mebellar tayyorlanadi.
9.O‘rik-(uryuk)-bargli daraxt. Yog‘ochi qoramtir-qizg‘ish bo‘lib, undagi mayda buyumlar va “inkrustatsiya” ishlanadi. \ar xil asboblar yasaladi.
10.Archa-(majjevelnik)-po‘stlog‘i qalin, rangi kul rang, serbutoq bo‘ladi. Kam smolali, namga chidamsiz igna bargli daraxt. U puxta, chidamli, ming yoshgacha yashaydi. Undagi qog‘oz sanoatida mebellar va boshqa narsalar yasashda foydalaniladi. Yog‘och o‘ymakorligida qadimda qo‘llanib kelingan.
11.Yong‘oq-(orex)-po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin va silliq bo‘lib, tanasining pastki qismida po‘stlog‘ining chatnog‘i bor. Yong‘oq yog‘ochi qoramtir rangli, qattiq, tabiiy gulli chiroyli, ishlash qiyin. U yaxshi pardozlanadi. Undan qimmatbaho mebellar tayyorlashda va yog‘och o‘ymakorligida keng foydalaniladi. U ajoyib ko‘rinishga ega.

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling