Texnik modellar klassifikatsiyasi
Statik proektsiya elementlarining vazifalari
Download 164.5 Kb.
|
XALIKOVA SITORA2 MAVZU
Statik proektsiya elementlarining vazifalari
Reflektor - ko’zguli nur qaytargich. U proektsion lampaning orqa tomoniga joylashtirilgan. Reflektor nurni film darchasi tomon yo’naltirib, nur oqimini kuchaytiradi. Reflektorlarning shakli turlicha bo’ladi: sferik, parabolik, elliptik. Parabolik va elliptik reflektorlar film darchasining bir tekis yoritilishini ta’minlaydi, lekin ularni ishlab chiqarish murakkab va qimmat baholanadi. Nur manbai - proektsion elektr lampasi. Zamonaviy proektsion apparatlarida nur manbai sifatida elektr lampalar ishlatiladi. Katta quvvatli apparatlarda elektr yoyi, ksenon lampalari, o’rta va kichik quvvatli apparatlarda maxsus cho’g’lanma lampalar ishlatiladi. Oxirgi paytda kvarts-galogen lampalari keng miqyosda qo’llana boshlandi. Ular trubkasimon shakldagi kichik kvarts kolbasidan iborat. CHo’g’lanish jarayonida volfram spiralining bug’lanishini sekinlashtirish maqsadida uning ichi yod yoki boshqa galogen qo’shilgan inert gazi bilan to’ldiriladi. Lampani elektr manbaiga ulash kvarts kolbasiga kovsharlangan molibden simi orqali amalga oshiriladi. Molibden simining maksimal qizish temperaturasi 3500S dan oshib ketmasligi kerak. Aks holda molibden oksidlanadi, natijada kvarts sinishi va lampani ishdan chiqarishi mumkin. Ushbu lampalarni ishlatishda yana bir ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Lampa kolbasini qo’l bilan ushlab bo’lmaydi, chunki qo’ldagi doim mavjud bo’lgan oz miqdordagi yog’ qatlami lampaning xiralashishiga, nur oqimining kamayishiga va natijada lampaning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Lampani birorta mato yoki rezina qo’lqop bilan ushlash kerak. Kvarts-galogen lampalarning KGM 12-100, KGM 24-150, KGM 24250, KGM 36-400, KGM 220-500, KGM 220-1000 va boshqa turlari mavjud. Lampa markasidagi harflar K - «kvartsevaya», G - «galogennaya», M-«malogabaritnaya» so’zlarini, raqamlar - birinchisi voltlardagi kuchlanishning ikkinchisi vattlardagi iste’mol quvvatini qiymatini bildiradi. Kvarts-galogen lampalarining xizmat muddati va nur oqimi oddiy proektsion lampalarnikidan yuqori. Kondensor linzalar tizimidan iborat bo’lib, undan tasvir tushirilgan ob’ektni bir tekis yoritish va nur oqimini ob’ektivning kirish darchasiga yig’ib berishda foydalaniladi. Har qanday lampadan hosil bo’ladigan nur oqimi apparatning yoritish qismi devorchalarini va kondensor linzalarini qizdiradi. SHu sababli ularni sovitish maqsadida ventilyator qo’yiladi. Diapozitivga tushgan katta nur oqimi uni qattiq qizdirishi va natijada bujmaytirib qo’yishi mumkin. Kondensor linzalarining orasiga qo’yiladigan teplofiltrlar issiqlik nurlarini yutib, diafilmlarni qizib ketishdan saqlaydi. Quvvati 150 vatt va undan ko’p bo’lgan proektsion lampali apparatlarning kondensor linzalari orasiga, albatta, teplofiltrlar o’rnatiladi. Teplofiltr maxsus shishadan tayyorlangan plastinkadan iborat. Kadrlar darchasi - diapozitiv va diafilmlarni nur yo’liga perependikulyar holda kondensordan ma’lum masofada ushlab turishi maqsadida foydalaniladi. Panel (predmet stoli) - grafoproektor va epiproektorlarda ishlatiladigan ta’lim vositalarini (shaffof plyonkadagi yoki qog’ozdagi tasvir) gorizontal tekislikda ushlab turishi uchun mo’ljallangan. Ob’ektiv - bir necha linzalar dan iborat murakkab optik tizim. Uning vazifasi ekranda ob’ektning kattalashtirilgan, aniq, keskin, ravshan tasvirini hosil qilish. Zamonaviy proektsiyalash apparatlari ko’p linzali qilib tayyorlanadi. Ko’p linzali ob’ektivlarda bir linzali ob’ektivlarning kamchiliklari bartaraf qilinadi. Ularda yupqa shaffof plyonka bilan qoplangan yorug’lashtirilgan linzalarning ishlatilishi ekranda yuqori sifatli aniq, yorqin tasvir hosil qilish imkonini beradi. Uch linzali ob’ektivlarga «triplet», ko’p va sifatli linzali ob’ektivlarga «anastigmat»lar misol bo’ladi. Apparatlarni ishlatishda ob’ektiv va oynalarni ehtiyot qilish zarur. Ularni tez-tez artaverish tavsiya qilinmaydi. Chang avval yumshoq cho’tka bilan, so’ng flanel salfetkasi bilan tozalanadi. Har qanday ob’ektivning asosiy parametri uning fokus masofasi va nisbiy teshik hisoblanadi. Fokus masofasi - bu optik o’q bilan parallel nurlar ob’ektivdan o’tib bir nuqtada tutashgan joyidan ob’ektiv tekisligigacha bo’lgan masofa. Ekrangacha bo’lgan masofa bir xil bo’lgan holda apparatning kichik fokusli ob’ektivi ekranda kattaroq tasvir beradi. Nisbiy teshik - bu ob’ektiv linzalarning diametri (d), uning fokus masofasi (F) nisbatiga teng. Nisbiy teshik qiymati qancha katta bo’lsa, ob’ektivdan shuncha ko’p nur o’tadi. Nurning yuqolishi kamayadi. Ob’ektiv korpusida nisbiy teshik, fokus masofasi, zavod nomeri, zavod nomi yozilgan bo’ladi. Bu «ob’ektivning pasporti» uning ekranga qaragan tomonida bo’lishi zarur. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling