Texnik modellar klassifikatsiyasi


Statik proektsiyaning ta’lim vositalari


Download 164.5 Kb.
bet5/8
Sana14.12.2022
Hajmi164.5 Kb.
#1001201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALIKOVA SITORA2 MAVZU

Statik proektsiyaning ta’lim vositalari
Statik proektsiyaning texnik vositalari yorug’lik nuri yordamida ekranga qo’zg’almas tasvir tushirish uchun xizmat qiladi. U informatsiya eltuvchi vosita va texnik qurilmadan iborat. Informatsiya eltuvchi ta’lim vositalariga diapozitivlar, diafilmlar, transporantlar (kodoposobiyalar) kiradi.
Diapozitiv shaffof plenkada hosil qilingan fototasvirdir. Diapozitivlarni ishlatish oson bo’lishi maqsadida ularning formati standartlashtirilgan va texnik qurilmalarda ishlatishga moslashtirilgan. O’quv jarayonida qo’llaniladigan diapozitivlarning asosiy o’lchami 24x36 mm, 18x24 mm bo’lib, ular 50x50 mm plastmassadan yasalgan ramkalarga joylashtiriladi.
Diapozitivlar bilan plakatlar o’rtasida o’xshashlik ko’p. Diapozitivdagi tasvir ekranda yorug’lik bilan tushiriladigan rasmni hosil qiladi. Bunday rasmdan foydalanish huddi devorga osilgan plakatlardan foydalanishga o’xshaydi. Lekin diapozitivning afzallik tomonlari bor: uni ekranga proektsiyalab, 3-4 kv.m.gacha o’lchamli rasmlar hosil qilish mum kin. Ekrandagi tasvirning katta bo’lishi orqa partalarda o’tirgan o’quvchilarga ko’rsatilayotgan narsaning barcha elementlari bilan tanishishga va uning to’g’risida aniq tushuncha olishga va u haqda to’g’ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Tasvirning aniq va aniq chiqishi ham ekran qo’llanmasining afzalligidir.
Diapozitiv tasviri ham, plakatdagi rasmga o’xshab, harakatlanmaydi, lekin birin-ketin birorta jarayon rivojlana borgan sari o’zgaradigan tasvirlarni ko’rsatish yo’li bilan bu kamchilikning o’rni bir muallif oz qoplanadi.
Birorta mavzuni yoritib beruvchi diapozitivlar seriyasini avtor tavsiya qiladigan tartibda ko’rsatish shart emas.
Mashg’ulotning maqsadiga qarab, o’qituvchi diapozitivlarni har xil tartiblarda ko’rsatishi, ba’zan boshqa seriyadagi diapozitivlardan foydalanishi mumkin.
Turli manbalardan diapozitivlarni tanlash imkoni borligi, ekran vositasining bu xilidan istalgan payt va tartibda foydalanish mumkinligi bunday qo’llanmaning muhim afzalligidir.
Diapozitiv film yoki diafilm plyonkaga tushirilgan diapozitivlardir. Diafilmdagi tasvir va uni izohlovchi so’zlar matni uzviy bog’langan bo’lib, yaxlit mavzuni tashkil qiladi. Diafilmlarda plyonkaga tushirilgan ayrim tasvirlar bir uzluksiz lentaga biriktirilgan. Ularni muallif qanday joylashtirgan bo’lsa, shu tartibda namoyish qilish mumkin. O’qituvchi faqat ayrim kadrlarni yoki ko’rsatilganlarini tez o’tkazib yuborishi, ko’rsatilganlarini esa yana qayta ko’rsatishi mumkin. Har bir diapozitiv mustaqil hisoblanadi. Diafilm kadrlari rivojlanib borayotgan mavzuning ayrim tasvirlarigina bo’lib qolmay, balki yaxlit asar elementlaridir.
Diafilm 35 mm plyonkaga tushiriladi. Diafilmdagi kadrlarning o’lchami 18x24 va 24x36 mm bo’lib, ularning soni 72 yoki 36 tani tashkil qiladi.
Diafilm kadrlarni kesib olib, ulardan diapozitivlar seriyasini tashkil qilish mumkin. Bunday seriyada birorta kadr ishdan chiqsa yoki eskirib qolgani bo’lsa ularni almashtirish oson. Diafilmda esa bunday xollarda plyonkani qaytadan ishlash kerak. Diapozitiv seriyalari diafilmga nisbatan ko’proq xizmat qiladi, chunki ular diafilm kabi film kanalida qirilmaydi.
Kodoposobiya (transporant) - bosma yoki fotografiya usulida shaffof plyonkaga hosil qilingan tasvir. Kodoposobiya grafoproektorlar orqali namoyish qilinadi. Qaysi apparatda ishlatilishiga qarab kodoposobiya kadrlarining o’lchovlari 142x103 mm (eski modellar uchun) va 250x250 mm (yangi chiqarilgan modellar uchun) bo’ladi. Grafoproektorlarda bir dona kadrdan iborat kodoposobiyalar, bir-birining ustiga qo’yib ko’rsatiladigan 2-6 kadrdan iborat seriyali kodoposobiyalar yoki eni 260 mm, uzunligi 30 m gacha bo’lgan uzluksiz shaffof plyonkada hosil qilingan tasvirlar namoyish qilinadi.
Epiposobiya - o’lchamlari 150x150 mm, 190x190 mm bo’lgan xira ob’ektlardagi tasvirlardan (fotografiya, kitob va jurnallardagi rasmlar, sxemalar, jadvallardan) iboratdir. Epiposobiyalardagi tasvir qaytgan nur yordamida ekranga epiproektorlar orqali yoki «videoko’z-teleekran» tizimi orqali proektsiyalanadi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling