Texnik modellar klassifikatsiyasi


Ta’limning informatsion texnik vositalari


Download 164.5 Kb.
bet2/8
Sana14.12.2022
Hajmi164.5 Kb.
#1001201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALIKOVA SITORA2 MAVZU

Ta’limning informatsion texnik vositalari
Ta’lim vositalarining sinflanishi
Ta’limning texnik vositalari ta’lim vositalari mazmunini o’quvchilarga etkazib beruvchi o’qitish qurolidir.
Bu texnik vositalar ta’lim vositalari bilan birgalikda ishlatiladi. Agar ta’lim vositalari bo’lmasa, ko’p sonli ta’lim texnik vositalaridan hech qanday naf bo’lmaydi, aksincha, ta’lim texnik vositalarisiz ular uchun mo’ljallangan ta’lim vositalarini ham ishlatib bo’lmaydi.
Ta’limning texnik vositalari - o’quv informatsiyasi bo’yicha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan ma’lumotlarni etkazib beruvchi texnik vositalardir. Informatsion texnik vositalarga turli elektro-mexanik asboblar, o’lchov asboblari, turli xil namoyish stendlari, shuningdek, magnitofonlar, diaproektorlar, grafoproektorlar, videoproektorlar, televizor va videomagnitofon apparatlarini kiritish mumkin.
Informatsion texnik vositalar informatsiyani lo’nda, tushunarli, ortiqcha ikkinchi darajali informatsiyalarsiz o’quvchilarga etkazib berishi hamda ko’rish maydonining etarliligini, tasvirning yaxshi va aniq ko’rinishini ta’minlashi zarur.
Informatsion texnik vositalarning asosiy vazifasi, maqsadi - o’quv materiallari mazmunini o’quvchilarga tushunarli qilib etkazish. Ma’lumki, o’quv informatsiyasi, asosan, og’zaki va ko’rsatish orqali uzatiladi. SHu bois informatsion texnik vositalar ovoz beruvchi (audio), tasvir beruvchi (video) va ham tasvir ham ovoz beruvchi (audio-video) vositalarga bo’lindi.
Ovoz beruvchi audio texnik vositalari, asosan, til o’rganishda keng qo’llanadi. Ular jumlasiga ovoz beruvchi va ovoz eshittiruvchi apparatlar - elektroproigrivatel, radio, magnitofonlar kiradi. Ovoz grammplastinkaga, magnitafon plyonkasiga, kinoplyonkaga yozib olinadi. Ovoz eshittirish elektromexanik, magnit, fotooptik usulda maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi.
Tasviriy informatsiya beruvchi video texnik vositalari o’quv materiallarini chuqurroq o’rganishga, ko’proq ma’lumot berishga va idrok qilish vaqtini qisqartirishga yordam beradi. Tasvir beruvchi texnik vositalar, o’z navbatida, statik (qo’zg’almas) va dinamik (harakatlanuvchi) vositalarga bo’linadi. Ular jumlasiga diaproektorlar, grafoproektorlar, o’quv televideniyasi kabilar kiradi.
Videomagnitofonlar va magnitofon bilan birgalikda ishlaydigan statik tasvir beruvchi texnik vositalar audio-video texnik vositalarini tashkil qiladi. (3-jadval).

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling