Texnik modellar klassifikatsiyasi


Download 164.5 Kb.
bet8/8
Sana14.12.2022
Hajmi164.5 Kb.
#1001201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALIKOVA SITORA2 MAVZU

3. Grafoproektorlar
Proektsion apparatlar ichida grafoproektorlar ishlatishga qulay, ko’p vazifali, namoyish qilinadigan vositalarni tayyorlash oson bo’lgan apparat hisoblanadi. Grafoproektorlarning tuzilishi sodda, harakatlanuvchi mexanizmlarning yo’qligi sababli ta’mirlashni ham talab qilmaydi. Uning optik sxemasi ob’ektiv, predmet stolchasi, kondensor, proektsion lampa va reflektordan iborat. Informatsiya manbai kengligi 170 dan 250 mm gacha, uzunligi 5-10 m bo’lgan shaffof lentadagi yozuvlar va chizmalardan iborat lenta apparatning yon tomonlarida joylashgan g’altaklarga o’raladi. Lentaga informatsiya siyohli avtoruchka yoki maxsus flomasterda yoziladi. Lentaning ma’lum qismi to’lgandan keyin uni ikkinchi g’altakka o’rab, bo’sh qismi yozish uchun g’altakdan chiqariladi. Darsdan so’ng yozuvlarni o’chirib tashlash mumkin. Grafoproektor orqali o’lchovi 250x250 mm dan katta bo’lmagan diapozitivlarni namoyish qilish ancha qulay.
Grafoproektorlarni qo’llashdagi qulayliklar, asosan, quyidagilar bilan ifodalanadi:
1. O’qituvchi mashg’ulot vaqtida auditoriyaga qarab turadi, bu eshituvchilar diqqatini o’ziga tortadi.
2. O’qituvchi bo’r bilan ishlamaydi.
3. Apparatning predmet stolida o’qituvchi kerakli so’zlarni, chizma va suratlarni tez chiza oladi.
4. Lektsiyaga tegishli informatsiyani uyda oldindan yozib kelish mumkin.
5. Nur o’tkazmaydigan yassi detallarning va harakatlanuvchi modellarning soyasini ekranda ko’rsatish mumkin (8-rasm).
6. TSellofan lentadan alohida tayyorlangan ko’p qatlamli diapozitivlardagi murakkab rasmlarni analiz va sintez qilib, ekranda tasvirlash ularni o’zlashtirishni osonlashtiradi.
7. Proektsion lampaning yorug’lik oqimi kuchli bo’lganligi sababli sinf xonalarini butunlay qorong’ilashtirish shart emas.
Grafoproektorlardan foydalanishning eng katta qulayligi ular orqali namoyish qilish uchun mo’ljallangan diapozitivlarni (transporantlarni) tayyorlash osonligidir. Buning uchun shaffof tsellofandan, polietilen plyonkadan o’lchovlari taxminan 200x200 mm bo’lgan asos qirqib olinadi. Sodda chizma, so’z va formulalarni asosga tush yoki maxsus rangli flomaster orqali yoziladi. Murakkab chizma, shtrixli rasmlarni esa kseronusxa orqali chiqarish mumkin.
Oxirgi paytda lazerli printerga ega bo’lgan kompyuterlarning qo’llana boshlaganligi ular orqali diapozitivlarni tayyorlashni osonlashtirdi. Lazerli printer kompyuter displeyidagi yozuvlarni, chizma, grafik, rasm, jadvallarni sifatli qilib shaffof plyonkaga tushirib berish imkoniyatiga ega.
Kseronusxa va lazerli printerlarda elektrofotografiya usulidan foydalaniladi. Optik tizim orqali nur yordamida hosil qilingan tasvirni yarim o’tkazgich plastinkasida ko’rinmas elektr potentsiali tasvirga aylantiriladi. So’ng tasvir maxsus bo’yoqlar orqali qog’ozga yoki shaffof plyonkaga o’tkaziladi.
Grafoproektorlarning PPO-1, GP-1, «Lektor-2000», «Polilyuks-1», «Kod-1», «Lez-З» va boshqa modellari bor. Ular predmet stolchasining kadrlar darchasi o’lchami va proektsiyalash lampasining quvvati bilan farq qiladi (4-jadval).
«Lektor-2000», «Polilyuks-1», «Lex-3» grafoproektorlarida Frenel kondensori o’rnatilgan. Ushbu grafoproektorlarning kadrlar darchasi 250x250 mm bo’lganligi sababli ularga o’rnatiladigan nur yig’uvchi kondensor linzasining diametri ham katta bo’lishi kerak. Bunday linzalarni shishadan yasash murakkab, ya’ni ularning vazni og’ir bo’ladi, tannarxi qimmatlashadi. Shu sababli ularda shaffof plastmassadan
Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling