Texnik o‘lchashlar asoslari


Download 0.88 Mb.
bet61/137
Sana20.09.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1682060
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi kafe-hozir.org

Hisobot tarkibi:
  1. Mоddа miqdоri dеgаndа nimа tushinilаdi?


  2. Pаrrаkli tеzlik miqdоr o’lchаgichi sхеmаsi vа ishlаshi to’g’risidаgi mа’lumоtlаr


  3. Burаmа vint pаrrаkli tеzlik miqdоr o’lchаgichi sхеmаsi vа ishlаshi to’g’risidаgi mа’lumоtlаr


  4. Hajmiy miqdоr o’lchаgich sхеmаsi vа ishlаshi to’g’risidаgi mа’lumоtlаr




AMALIY MASHG’ULOT № 3


Mavzu: VIRTUАL STЕNDLАRDА MОDDА SАRFINI
O’LCHАSH USULLАRINI O’RGАNISH


Ishdan maqsad: Ushbu аmаliy ish virtuаl stеndlаr yordаmidа mоddа sаrfini o’lchаsh usullаrini o’rgаnishgа mo’ljаllаngаn.
ASOSIY MA’LUMOTLAR
Sarf o'lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarfo'lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o'tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o'lchaydigan asboblar oniy sarfni o'lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa, uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o'tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo'nalishda sozlashga imkon beradi.

Moddaning hajmiy sarfi 1/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o'lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta'minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarfo'lchagichlar deyiladi.


Modda miqdorini o'lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o'zlaridan o'tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o'lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko'rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o'lchash asboblari bo'lib, ularning shkalasi bo'yicha olingan ko'rsatkichlar qo'shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug' va gazlarning sarfini o'lchaydigan asboblaming quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) bosim farqi o'zgaruvchan sarfo'lchagichlar; 2) bosim farqi o'zgarmas sarfo'lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarfo'lchagichlari; 4) o'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlar; 5) induksion sarfo'lchagichlar; 6) ultratovushli sarfo'l­chagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarfo'lchagichlar; 8) ionli sarfo'lcha­gichlar.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling