Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitilishidan maqsad - mashinasozlikda qo‘llaniladigan turli o‘lchov asboblari bilan yaqindan tanishish, xisoblash, konstuksiyalash, tanlash va ishlata olish, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga o‘lchash turlari, o‘lchov birliklari, o‘lchash usullari va xatoliklari, mashinasozlikda texnik nazoratning asosiy masalalari, o‘lchash vositalarining aniqlik klaslari, metrologik tavsiflari va turlari, raqamli o‘lchash vositalari, o‘lchash texnikasining xozirgi kundagi xolati, xarorat, bosimni o‘lchash usullarini,hamda axborotni masofaga uzatish tizimlarini o‘rgatishdan iborat.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo`yiladigan
talablar
«O‘lchov vositalarini xisoblash va konstuksiyalash» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- o‘lchash va o‘lchovchi qurilmalarni, aniqlik sinfini va o‘lchovchi qurilmalarni xatosini aniqlashni, o‘lchash turlari, o‘lchov birliklari, o‘lchash usullari va xatoliklari, mashinasozlikda texnik nazoratning asosiy masalalari, o‘lchash vositalarining aniqlik klaslari, metrologik tavsiflari va turlari, raqamli o‘lchash vositalari, o‘lchash texnikasining xozirgi kundagi xolati, xarorat, bosimni o‘lchash, axborotlarni masofaga uzatishning zamonaviy usullarini bilishi kerak;
-ko‘p qo‘llaniladigan o‘lchash qurilmalarini ishlash usullarini va qo‘llash usullarini, texnologiyadan kelib chiqqan holda o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchash usulini aniqlash, texnologiya talablaridan kelib chiqqan holda, o‘lchash qurilmalarini tanlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
-tizimni qanoatlantiruvchi signal o‘zgartirgichlarni tanlashni, o‘lchov asboblarini tekshirib, uning xatoliklarini hisoblab, aniqlik sinfiga mosligini, o‘lchov asboblarining chizmalarini o‘qish va tahlil etish, o‘lchash usuli va o‘lchash asboblarini texnologik jarayon talablaridan kelib chiqib tanlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |