Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Press-konferentsiya.
- O’zaro
Ma’ruza va referatlar muhokamasi.
Muhokamaga 12—15 daqiqa davomiyligidagi 2-3 ma’ruzadan ko’p bo’lmagan ma’ruzalar olib chiqiladi. Ba’zida qo’shimcha ma’ruzachi va opponentlar (muxoliflar) belgilanadi. Oxirgi chiquvchilar mazmunni qaytarmaslik uchun, ma’ruza matni bilan tanishadilar. Biroq ko’p holllarda, ma’ruzachi va opponentlar, qo’shimcha ma’ruzachilardan tashqari, hech kim seminarga jiddiy tayyorlanmaydi. So’zga chiquvchilarni o’zlari ham faqat bir savolni o’rganadilar. SHu bilan birga, odatiy seminar ishiga “quruq nazariyalik” elementini kiritib, bunday mashg’ulotlar talabalarda ba’zi qiziqishlarni uyg’otadi. Talabalarni har birini qo’shimcha ma’ruzachi yoki opponent sifatida tayyorlanib kelishga o’rgatish juda muhim hisoblanadi. Referatli ma’ruzalarni yakuniy seminarda, uning asosiy savollari avvaldan muhokama qilib bo’lingan, katta bir mavzu bo’yicha ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Press-konferentsiya. Qisqa so’zga chiqishdan so’ng birinchi savol bo’yicha ma’ruzachiga (agarda ma’ruzalar bir qator talabalarga berilgan bo’lsa, o’qituvchining o’zi ulardan biriga so’z beradi) so’z beriladi. SHundan so’ng har bir talaba ma’ruza mavzusi bo’yicha unga savol berishi lozim. Savol va javoblar seminarning markaziy qismini tashkil etadi. Qancha ko’p jiddiy tayyorgarlik ko’rilsa, savollar shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval ma’ruzachi javob beradi, so’ngra u yoki boshqalar bo’yicha istagan bir talaba o’z fikrini bildirishi mumkin. Bunday holatlarda qo’shimcha ma’ruzachilar, agarda shundaylar belgilangan bo’lsa,faol bo’ladilar. O’qituvchi har bir muhokama qilinayotgan savol bo’yicha, yoki seminar yakunida o’z xulosasini qiladi. O’zaro o’qish. Tushunish va o’zlashtirish uchun eng ko’p murakkablikdagi savollarni o’rganish asosiy maqsadga ega bo’lgan, seminar. Seminar mobaynida talabalarni o’zaro o’qishga yo’naltirish muhim hisoblanadi: har kichik-
Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling