Texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti


Download 0.9 Mb.
bet3/9
Sana28.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1689096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hisobot AGMK

Ishchi yo’riqnomasi
Tokar doimo uskuna soz bo`lishiga e`tibor berishi va ish xavfsizligini ta`minlovchi mavjud signalizatsiyalarning, yechib olingan yoki nosoz to`siqlar, bloklash va boshqa qurilmalarda ishlamaslikni, ish joyining yetarli darajada yoritilmaganligida ishlamasligi kerak.
Uskunalarning kuchlanish ostida ishlovchi tok o`tkazuvchi qismlariga tegmasligi lozim.
Ishlov berishga berilgan detallarni tokcha va o`rnatmalarga barqaror o`rnatishi, taxlamlar balandligi mayda detallar uchun 0,5 metrdan, o`rtacha detallar 1 metrdan, yiriklari esa 1,5 metrdan oshmasligi kerak. Polga moy va sovutuvchi suyuqliklar sachratmasligi lozim. Sachrashlardan saqlanish uchun to`siqlardan foydalanish zarur.
Dastgohga xizmat ko`rsatish ishlarini bajarishi, dastgohda ko`rsatilgan ogohlantiruvchi (ko`rsatuvchi) jadvallarning talablarini bajarishi lozim.
Himoya qobiqlari va to`siqlarsiz ishlamaslik lozim.
Kalitning toyib ketishidan saqlanishi, gaykaga kalitni to`g`ri o`rnatishi, silkib tortmasligi kerak.
Dastgoh bilan ishlash vaqtida ishlab turgan dastgoh ustidan biror narsani olmaslik yoki uzatmaslik, bolt, gayka va boshqa dastgohning mahkamlash detallarini qotirmasligi lozim.
Ish joyidan va dastgohdan o`z vaqtida qirindilarni olib tashlashi lozim.
Ishlov berilayotgan detallardagi mo`ylovcha (заусениц) lardan ehtiyot bo`lishi lozim.
Dastgohda titrashlar yuz berganda, dastgohni to`xtatishi, detal va kesuvchi asbobning mahkamligini tekshirishi, titrashni bartaraf etish choralarini ko`rishi kerak.
Quyidagi holatlarda uskunada ish to’xtatilishi va dastgoh o’chirilishi kerak:

  1. Dastgoh yonidan ozgina vaqtga ketganda (agar bir nechta dastgohga xizmat ko`rsatish yuklanmagan bo`lsa);

  2. Vaqtinchalik ishni to`xtatganda;

  3. Elektr energiyasining vaqtinchalik tanaffusida;

  4. Dastgohni tozalash, moylash, yig’ishtirishda;

  5. Uskunada nosozliklar aniqlanganida;

  6. Gayka va boshqa kesuvchi asboblarni qotirishda;

  7. Detallarni o’rnatish, o’lchash va yechib olishda;

  8. Kesuvchi asbobni yechish va o`rnatishda;

  9. Kesuvchi asbobni tekshirish yoki asbobning kesuvchi qirrasini tozalashda;

  10. Dastgoh shkiviga tasmalarni o`rnatish va yechishda dastgoh o`chirilishi kerak.

Detallarga ishlov berishda kesish rejimini to`g`ri tanlashi kerak.
Dastgoh ishlayotganda kesish rejimini o`zgartirmaslik kerak.
Har safar dastgohni ishga tushirishdan oldin, uning xavf solmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kalitlar bilan ishlaganda, ularni quvur yoki boshqa richaglar bilan uzaytirmasligi, kalitlar gayka o`lchamiga to`g`ri kelmaganda, ularga qo`shimcha o`rnatmalar o`rnatmasligi kerak.
Detalni dastgohga o`rnatishdan oldin, ayniqsa, to`g`ri mahkamlash uchun asosiy va mahkamlanuvchi yuzalariga tegib turgan holda ishlov beriladigan detal va moslamalarni moy va qirindilardan tozalash lozim.
Dastgohning ish jarayonida ishlov berilayotgan detallarning chiqib ketishi yoki boshqa texnologik jarayonlar buzilishiga olib kelmaslik uchun dastgohga ishlov berilayotgan detallarni to`g`ri va ishonchli qotirish kerak.
Detalni dastgohga uning hajmi va massasidan qat`iy nazar ishonchli va mahkam qotirish lozim.
Detalni patron yoki planshaybaga qotirishda uni iloji boricha kulachok bilan ushlashini imkon bo`lgan kattalikda mahkamlash kerak. Detalni qotirganda kulachoklarning patrondan yoki planshaybaning tashqi diametrik chegarasidan chiqib turishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Agar kulachoklar chiqib tursa, maxsus to`siqlar o`rnatish kerak.
Patron yoki planshaybani o`rnatishda ularning tagiga dastgohda patron yoki planshaybaning formasiga mos qilib ishlangan yog`och tag o`rnatmalar qo`yilishi kerak.
Dastgohga og`ir detallarni o`rnatish va ularni yechib olish ishlarini faqat telfer krani (kran-balka) yoki elektr ko`prikli krani yoki maxsus manipulyator (ko’taruvchi moslamalar) bilan o`rnatish lozim.
Patron (planshayba) ni qo`qqisdan tormozlab qotirmaslik kerak.
Dastgoh patronining mexanik aylanishida patronni kulachoklar zarbi bilan tag o`rnatmaga qotirishga ruxsat berilmaydi. U patronni qo`lda aylantirganda mumkin, bu holatda uzun sopli tag o`rnatmalardan foydalanish kerak.
Kulachokli patronda orqa babka markazi bilan faqat kalta detallarni tirgamasdan qotirish mumkin, boshqa hollarda orqa babkadan foydalanish kerak.
Markazlarda uzunligi 12 diametrga teng va undan uzun detallarga ishlov berganda, hamda uzunligi 8 diametrga teng detallarni tezlik va kuch bilan kesganda lyunetdan foydalanishi kerak.
Detallarga markazda ishlov berishda orqa babka mahkamlanganligini tekshirishi va detalni o`rnatgandan keyin markazni moylash kerak.
Keyingi ish jarayonida orqa markazni davriy moylab turish kerak.
Katta tezlikda ishlaganda dastgohga qo`shib berilgan aylanuvchi markazdan foydalanish kerak.
Nosoz markaz bilan ishlamaslik kerak.
Orqa babka markazi bilan detallarga ishlov berganda, o`qdagi lyuftni tekshirib turish kerak.
Kesgichdan jarohatlanishning oldini olish uchun, avval shpindelni harakatga keltirishi, keyin kesgichni surish harakatini berish lozim. Kesgichni ishlov beriladigan detalga ehtiyotlik bilan zarblarsiz sekinlik bilan olib borish kerak.
Dastgohni to`xtatishdan oldin kesgichni ortga qaytarishi, keyin shpindel harakatini to`xtatishi lozim.
Shpindelni quyidagi ishlarni bajarganda to`xtatish kerak:

  1. Markazni topishda va dastgohga detalni o`rnatishda, tozalashda;

  2. O`lchashda, patron yoki detalni almashtirishda orqa babka markazini uzoqroqqa surish kerak.

Kesgichni to`g`ri o`rnatishi va uning tagiga har xil metall parchalarini o`rnatmasligi, faqat kesgichning yuzasi bilan teng tag o`rnatmalardan foydalanish lozim.
Kesgichni minimal chiqarib mahkamlash lozim va kamida 3 ta boltga mahkamlash kerak, har xil qalinlikda, uzunlikda tag o`rnatmalar jamlamasi bo`lishi kerak.
Yumshoq, cho`ziluvchan oqib turuvchi qirindi chiqaradigan metallarga ishlov berishda, ariqchali qirindi sindirgichlar o`rnatilgan keskichlardan foydalanish kerak.
Kulachoklarning ishchi yuzasi yeyilganda ulardan foydalanmaslik lozim.
Ishchi yuzani tirgakli moslamalar yaqiniga joylashtirishi lozim.
Sovutish suyuqligi beriladigan shlanglarni shunday joylashtirish kerakki, kesuvchi asbob va dastgohning harakatlanuvchi qismi ularga tegishining oldi olingan bo’lishi kerak. Souvutish suyuqligini faqat nasos yordamida berish kerak.
Dastgohga detalni o’rnatishda dastgoh va detal orasida turmaslik kerak.
Dastgoh staninasiga detal, asbob va boshqa buyumlarni qo’ymaslik kerak.
Og`ir detal yoki yarim tayyor mahsulotlarni kesganda detalning kesilayotgan uchini qo`l bilan ushlab turish mumkin emas.
Detallarni qumqog`oz, shabrlash, qirgich bilan tekislash ishlarini maxsus moslamalar yordamida bajarish kerak.
Orqa babka va pinolni mahkam qotirish lozim.
Detalning markaziy teshigiga aylanuvchi markaz butun konusli qismi bilan tiralib turishiga e`tibor berish, aylanuvchi markazning tayanch qismi detal markaziy teshigi tagiga tegib turmasligi kerak.
Detalning to’g’ri o’rnatilganligini tekshirishda bo’r bilan emas balki reysmus yoki indikator bilan tekshirish lozim.
Kesish asbobini ishlov beriladigan detalga ehtiyotlik bilan zarblarsiz sekinlik bilan olib borish kerak. Qo’lda kesish harakatini berishda kesish chuqurligi va kesish tezligini shiddat bilan o’zgartirmaslik kerak.
Ishlov berilayotgan detalni o’lchash uchun avval kesish harakatini to’xtatish, shpindel harakatini to’xtatish, ishlov berish jarayonida hosil bo’lgan qirindilarni tozalash, so’ngra o’lchash ishlarini olib borish lozim.
Dastgohda nosozliklar aniqlanganda yoki o’zini yomon his qila boshlaganda, tezda ishni to’xtatishi va bu haqda o’zi bo’ysungan shaxsga xabar berishi kerak.
Charxlash dastgohida ishlaganda ko`zoynak taqishi va himoya ekranidan foydalanishi lozim.
So`rib olish shamollatgichlari ishi sozligini, yoritgichlarning holatini ko`zdan kechirishi, tosh va o`rnatmaning oraliq masofasi 3mm dan oshmasligi lozim.
Charxlash dastgohida ishlashga ruxsati bo`lishi kerak. O`zi qayroq toshni o`rnatishi va almashtirishi taqiqlanadi.
Tokarga quyidagilar taqiqlanadi:

  1. Maxsus kiyimsiz, maxsus poyafzalsiz, himoya ko’zoynagisiz, Shaxsiy himoya vositalarisiz (ishlov berilayotgan detalning fizik va kimyoviy xossalariga muvofiq).

  2. Maxsus kiyimning yenglari osilib turganda ishlash;

  3. Qo`lqopda ishlash hamda bog`langan barmoqlarga rezina (напальчник) kiygizmasdan ishlash;

  4. Uskunaning butunlay sozligiga ishonch hosil qilmasdan ish boshlash;

  5. O`zining majburiyatlari doirasiga kirmaydigan biron-bir uskuna, moslama, jixozlarni ta`mirlash ishlarini bajarish;

  6. Ishlab turgan uskunani ko`rikdan o`tkazish, tozalash, moylash, siniqlarini olish va boshqalarni bajarish;

  7. Ish jarayonida qatnashmagan shaxslarni ish joyiga kirishga ruxsat berish;

Dastgoh ishlayotganda unga suyanish va boshqalarga suyanishga ruxsat berish;

  1. Dastgohning aylanib turgan qismlarini qo`l bilan to`xtatish;

  2. Dastgoh ishlab turganda to`siq va saqlovchi qurilmalarni ochish va yechib olish;

  3. Kesuvchi asbobni nam latta va cho`tka bilan sovutish taqiqlanadi.

Detallarga ishlov berish jarayonida ushbu detalning texnologik jarayon xaritasida ko`rsatilgan kesish rejimidan foydalanish kerak.
Dastgohda nosozliklar aniqlanganda yoki o`zini yomon his qilganda, darhol ishni to`xtatishi va bu haqda o`zi bo`ysungan shaxsga xabar berishi lozim.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling