Texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti


Kо‘p pozitsiyali stanoklar tо‘g‘risida


Download 0.9 Mb.
bet6/9
Sana28.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1689096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hisobot AGMK

Kо‘p pozitsiyali stanoklar tо‘g‘risida
Sо‘nggi yillarda har xil turdagi korpus detallarga ishlov berishda seriyalab va mayda seriyalab mahsulot ishlab chiqarishda kesuvchi asboblarni avtomatik ravishda almashtiruvchi qurilmalar bilan ta’minlangan, programma asosida boshqari-ladagan stanoklar tobora kо‘p ishlatilmoqda. Bunday stanoklar kо‘p pozitsiyali (ishlov beruvchi markazlari bо‘lgan) stanoklar deb ataladi. Programma asosida boshqariladigan stanoklarda asboblarni avtomatik ravishda almashtirish ishlov berish unumini oshiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini ancha pasaytiradi. Asboblarni avtomatik almashtiradigan qurilmalar programma asosida boshqariladigan bir qancha parmalash, yо‘nib kengaytirish, frezalash stanoklari, agregataviy stanoklar, tokarlik stanoklari va boshqa stanoklarga о‘rnatiladi. Bu stanoklarda asbobni avtomatik almashtirish qurilmalarining kompanovkasi asosan uch gruppaga bо‘linishi mumkin: 1) asbobni almashtirish jarayonida butun shpindel uzeli almashtiriladigan qurilmalar; 2) faqat bitta ish shpindelida asboblar almashtiriladigan qurilmalar; 3) kombinatsiyalashtirilgan qurilmalar.
Birinchi gruppa qurilmalari, odatda, shpindellar naboriga ega bо‘lgan revolver golovka tarzida yoki shpindel uzelga joylashtiriladigan magazin tarzida qilib tayyorlanadi (bu holda magazinda uzellarni ish pozitsiyasiga keltirish va ish pozitsiyasidan qaytarish mexanizmlari bо‘ladi). Bu gruppa qurilmalari, asosan, parmalash stanoklarida kо‘p ishlatiladi,
Ikkinchi gruppa qurilmalari asboblar magazini va stanok shpindelidan asboblarni о‘rnatish va olish mexanizmidan iborat. Asboblar magazini shpindel babkasiga stanok stoliga yoki undan tashqariga о‘rnatilishi mumkin. Bu gruppa qurilmalari parmalash-frezalash yо‘nib kengaytirish stanoklarida eng kо‘p ishlatiladi. Kombinatsiyalangan qurilmalar yordamida asboblar (uchinchi gruppa) odatda, stanokda ikki shpindelli revolver golovka bо‘lgan taqdirdagina almashtiriladi. Bitta shpindel ishlab turgan vaqtda ish zonasidan tashqarida turgan ikkinchi shpindeldagi asboblar almashtiriladi. Ishlov berish tugagandan keyin ikki shpindelli golovka buriladi. Uchinchi gruppa qurilmalari asosan parmalash stanoklarida, kamdan-kam hollarda esa frezalash-yо‘nib kengaytirish stanoklarida ishlatiladi. Asboblarni avtomatik almashtirish uchun mо‘ljallangan mexanizmlar kompleksiga asbob saqlanadigan magazin, asbobni magazindan shpindelga va shpindeldan magazinga olib о‘tuvchi yuqlash qurilmasi, transport qurilmalari va asbobni shppndelda avtomatik siqish mexanizmi kiradi.
Pastdagi rasm, a da 20 ta shpindelga mо‘ljallangan magazini bо‘lgan ( rasm, b) vertikal-parmalash stanogi kо‘rsatilgan. Bu stanogda asboblarni avtomatik ravishda almashtirish qurilmasi birinchi gruppaga mansub. Stanokda magazin elektrik dvigateldan tishli uzatma orqali yuritiladi.
rasm, v da tasvirlangan stanok asbobni avtomatik almashtirish qurilmasi ikkinchi gruppaga taalluqli. Yuqorida staninaga 45° burchak hosil qiladigan tarzda 15 asbobgl mо‘ljallangan doiraviy buriluvchi magazin о‘rnatilgan. Magazinda asbob о‘qi asbobni almashtirish pozitsiyasida shpindel о‘qiga parallel.


Asbob ikki qamragichli buriluvchi mexanikaviy qо‘l 2 bilan almashtiriladi, mexanikaviy qо‘l esa ishindel bilan magazin orasida jipslashgan.


Mexanikaviy qо‘l dastlabki
vaziyatida gorizontal
joylashgan. Ishlov berish
tugagandan keyin qо‘l 90° buriladi-da, bir vaqtning
о‘zida shpindeldagi asbob
b

Rasmda. Asboblarni avtomatik almashtiriladigan stanoklar.


ilan magazindagi asbobni
qamrab oladi.
Qо‘l 180° burilib, asboblar о‘rnini almashtiradi va ularni tegishlicha shpindelga va magazin uyasiga kiritadi. Shpindelga о‘rnatilgan asbob mahkamlanadi, qо‘l 90° buriladi va dastlabki vaziyatiga qaytadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling