Texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti
Zaif zvenolarni kuchaytirish usullari
Download 0.9 Mb.
|
Hisobot AGMK
Zaif zvenolarni kuchaytirish usullari. Stanokni takomillashtirish jarayonida uning zaif zvenolarini kuchaytirish zarurati tug‘iladi. Bunga detallarning materialini almashtirish, detallarni termik ishlash, ularning о‘lchamlarini va ba’zan shaklini о‘zgartirish yо‘li bilan erishiladi. Quyida stanokning asosiy zvenolarini kuchaytirishning ba’zi usullari keltirilgan.
Tasmali uzatmalar shkiv va tasmalarning enini oshirish, qamrash burchagini taranglash, roliklar yordamida oshirish, shkivlarga kо‘p manjet mahkamlash yoki yassi tasmali uzatma о‘rniga ponasimon tasmali uzatma yoxud tishli tasmali uzatma ishlatish yо‘li bilan ishqalanish koeffitsiyentini oshirish orqali erishish mumkin.Zanjirli uzatmalar zanjirdagi plastinkalarning qatorlari sonini oshirish yо‘li bilan kuchaytirilishi mumkin, ammo bunda ikkala yulduzchani almashtirish lozim bо‘ladi. Friksion muftalar ishqalanuvchi yuzalarning materiallarini ishqalanish koeffitsiyenti yuqoriroq bо‘lgan va kattaroq solishtirma bosim bо‘lishiga yо‘l qо‘yadigan materiallarga almashtirish yо‘li bilan kuchaytiriladi. Bunday materiallar jumlasiga pо‘lat bilan birgalikdagi fibra, tekstolit va shu kabilar kiradi. Kо‘p diskli muftalarda ba’zan friksion disklarning sonini oshirish ham mumkin. Tishli g‘ildiraklar uglerodli pо‘latdan yasalgan g‘ildiraklarni xromli yoki xrom-nikelli pо‘latdan yasalib, tegishlicha termik ishlangan g‘ildiraklar bilan almashtirish orqali kuchaytiriladi. Katta tezliklar va kichik nagruzkalar bilan ishlaydigan shesternyalarni termik ishlash yо‘li bilan kuchaytirish mumkin. Tо‘g‘ri tishli g‘ildiraklarni о‘sha о‘lchamdagi qiyshiq tishli g‘ildiraklar bilan almashtirish yoki tishning uzunligini oshirish ham mumkin. Sirpanish podshipniklari podshipnik materialini ancha sifatli materialga almashtirish, val yoki shpindel bо‘yinlariga elektrik-uchquniy ishlov berish va moylashni yaxshilash, shuningdek, sirpanish podshipniklarini dumalash podshipniklari bilan almashtirish orqali kuchaytirilishi mumkin. Dumalash podshipniklari boshqa ancha quvvatlilariga almashtirish yoki uning yoniga xuddi shunday ikkinchi podshipnik о‘rnatish yо‘li bilan kuchaytirilishi mumkin. Vintaviy juftlar vint va gayka materialini almashtlrish, shuningdek, diametrini oshirish va gaykani uzaytirish yо‘li bilan kuchaytirilishi mumkin Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling