Texnika universiteti olmaliq filiali
Download 395.45 Kb.
|
1 2
Bog'liqkon mashinalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- Burg’ulash mashinalarning elektr ta’minoti sxemalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI «Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi «Kon mashinalari elektr jihozlari va avtomatlashtirish» FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: Burg’ulash mashinalari elektr jihozlari va elektr ta’minoti Guruh talabasi: 5bc-19 KEM Bajaradi: Xoldarov M Tekshirdi: Shoyimov Y Olmaliq 2023 Reja:Burg’ulash mashinalari asosiy va yordamchi mexanizmlarning elektr jihozlari Burg’ulash mashinalari asosiy va yordamchi mexanizmlarning elektr jihozlariga qo’yiladigan talablarBurg’ulash mashinalariasosiy va yordamchi mexanizmlarning elektr jihozlari boshqarish sxemalari Burg’ulash mashinalarning elektr ta’minoti sxemalariBurg’ulash mashinalarning elektr ta’minoti sxemalari vazifasi va tuzilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ochiq kon ishlarida portlash skvajinalarini burg’ilash uchun turli burg’ilash dastgohlari qo’llaniladi: aylanma, zarbli aylanma va olovli burg’ilash. Barcha dastgohlar mexanizmlari elektr uzatmaga ega. Burg’ilash dastgohi mexanizmi asosiy va yordamchiga bo’linadi. Burg’ilash dastgohi asosiy ishchi mexanizmlari – ishchi organ aylanish va zaboyga uzatish mexanizmi – ishchi intrumentga ega shtangalar kolonnalari (kesuvchi koronkali, sharoshka dolotali, pnevma zarb va boshqalar). Burg’ilash dastgohlari ishchi organi aylanish mexanizmi ishchi rejimi va yuklama diagrammalari konstruktiv xususiyatlariga va uzatuvchi mexanizm xossalariga bog’liq. Burg’ilash dastgohlari yordamchi mexanizmlariga kompressorlar, nasoslar va ventilyatorlar, hamda harakat mexanizmi, burg’ini olish va o’rnatish kiradi. Qoidaga ko’ra, burg’ilash dastgohlari ko’p dvigatelli uzatmaga ega. Dvigatellar soni dastgohlar konstruksiyasiga bog’liq va 2 ta shneklidan sharoshkali va olovlida 14 tagacha yetadi. Burg’ilash dastgohlari o’rnatilgan quvvati: 25 – 165 kW – shnekli, 320 – 850 kW – sharoshkali, 180 kW – zarbli aylanma, 100 – 360 kW – olovli va termomexanim, 40 kW gacha – kanatli zarbli. Burg’i shtanga uzunligi bo’ylab ushlashlarsiz uzatiladigan aylanma burg’ilash devorlarida burg’ilash dastgohi aylanish uzatmasi elektrodvigateli ish rejimi yuklama qiymatidan kelib chiqib tanaffusga ega davomli. Burg’i tez – tez ushlanishlar bilan uzatiladigan sharoshkali va zarbli aylanma burg’ilash dastgohlarida aylanish mexanizmi elektrodvigateli ish rejimi PV yoqilish davomiyligi – 60% bo’lgan qayta- qisqa muddatli. Yuklama notekis, nominaldan 2 – 2,5 barobargacha yetuvchi moment cho’qqilariga ega. Olovli burg’ilash dastgohlarida aylanish va burg’ini uzatish chig’irig’i elektrodvigatellari doimiy yuklama bilan uzoq rejimda ishlaydi. Dastgohlar yordamchi mexanizmlari elektrodvigatellar yo doimiy yuklama bilan uzoq rejimda (kopressorlar, nasoslar, ventilyatorlar elektrodvigatellari), yo doimiy yoki o’zgaruvchan yuklama bilan qisqa muddatli rejimda (harakat mexanizmi elektrodvigatellari va boshqalar) ishlaydi. Aylantirgich elektr uzatmasi ham doimiy ham o’zgaruvchan tokda ishlaydi. Asosan ikki turdagi elektr uzatmasi qo’llaniladi: asinxron to’g’rilanmaydigan (aylantirgich chastotasi reduktor yordamida pog’onali to’g’rilanadi yoki ikki va uch pog’onali elektrodvigatel juft qutblari soni o’zgartirilishi bilan) va doimiy tok G – D va TP – D sistemasiga ko’ra to’g’rilanuvchi, yakor va qo’shimcha reduktor qistirgichlarida kuchlanishni o’zgartirib. Lekin, tiristorli qayta o’zgartirgichlarning qo’llanilishi karyer elektr tarmoqlarida uzilishlar sonini oshiradi. Shuning uchun aylantirgich uzatmasini takommillashtirishning muhim vazifasi uzilishlarga chidamli qayt o’zgartirgich sxemasini yaratishdir. Aylantirgich uchun chastota to’g’rilanuvchi o’zgaruvchan tok uzatmalari hamda yuqori sirpanchiqlikka ega asinxron dvigatellarni qo’lash imkoniyati ham ko’riladi. Yordamchi mexanizmlar dvigatellari o’zgaruvchan tokda ishlaydi va ular uchun faqatgina asinxron to’grilanmaydigan dvigatel qo’llaniladi. Burg’ilash dastgohi asosiy uskunalariga dastgoh barcha mexanizmlari elektro dvigatellari va ularni boshqarish apparaturasi kiradi, yordamchiga esa – skvajinalarni hosil qilish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan dastgoh qismlari elektr uskunalari (kabinali pechlar va elektrokaloriferlar bilan shamollatish va isitish, suvni qizdirish va qish paytlarida muzlab qolmasligi uchun quvurlarni induktiv qizdirish va boshqalar). Burg’ilash dastgohlarida qo’llaniladigan elektr uskunalari ichiga changa va nam tushishidan himoyalangan yopiq tuzilishiga ega. Aylantirgich va burg’ilash dastgohi yordamchi mexanizmlari uzatmalari uchun asosan AO, VAO, AOS, AOL, AZ, KOF, MTKV, MTKM seriyadagi va boshqa qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatellar qo’llaniladi. Doimiy tok aylantirgichi uchun DPV turdagi kran elektrodvigatellari qo’llaniladi. Harakat mexanizmi, aylantirgichni ko’tarish chig’irig’i va yordamchi mexanizmlar uzatmlari uchun gorizontal, aylantirgich uzatmasi uchun esa – ko’p hollarda vertikal elektrodvigatellar qo’llaniladi. Dastgohlarda boshqarish apparaturasi sifatida umumsanoat magnit ishga tushirgichlar (P, PA, PME) yoki ikki va uch tugmachali ko’prikli rudnik uchun tuzilgan (PMV, PMVR) qo’llaniladi. Xavfsizlik qoidalari va elektr uskunalari texnologik talablariga mos ranishda elektr uskunalari uskunalar alohida elementlari sozligini tekshirish va dastgoh mexanizmlari normal ish rejimi buzilishi oldini olish uchun himoya va bloklashga ega. Shnekli, kanat – zarbli va zarbli aylanma dastgohlar elektr sxemalari amalda bir hil, dvigatellarni boshqarish esa kontaktorli. Dvigatelni ortiqcha yuklamalardan himoya qilish har bir ishga tushirgichga o’rnatilgan issiqlik relesi bilan, QT toklaridan esa – sirpanchiq predoxranitel bilan amalga oshiriladi. Rele – kontaktor apparatura (tugmachalar, qayta ulagichlar) kuch shitiga, panellar va boshqaruv pultiga mustahkamlangan. 220 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok boshqarish zanjirlari 380/220 V transformatorlardan, domit tokniki esa 110 V kuchlanish – to’g’rilagichdan to’yinadi. Sharoshkali dastgohlar quvvatliroq, og’irroq va avtomatlashtirilgan. Ushbu dastgohlar elektr uskunalari va elektr uzatmalarini boshqarish sxemalari ko’p dvigatellar soni va domiy tok dvigateli aylanish uzatmasida qo’llash sababli yuqorida ko’rilgan dastgohlardan murakkab. Misol tariqasida SBSh-250MN dastgohi sxemasi keltirilgan. Ingichka kabel uchta o’zaklari dastgoh kabel kiritishi (kiritish qutisi) ga, to’rtinchisi esa – korpusga ulanadi. Kiritish avtomatik o’chirgichi QF1 mashinist kabinasidan boshqarish imkonini beruvchi elektroamgnit uzatmaga ega. Transformator Tr1 dastgoh boshqaruv va yoritish zanjirlarini 220 V kuchlanish to’yintirish uchun xizmat qiladi. Yo’qotish relesi yerga bir fazali tutashuvda avtomati tarzda kiritish avtomatini o’chiradi. Boshqaruv zanjiriga to’yinish avtomatik o’chirgich QF3 bilan uzatiladi, 380 V kuchlanish tarmog’iga kuch elektr qabul qiluvchilari QF4 – QF8 avtomatlar bilan ulanadi. Yordamchi harakat, kompressorlar, moynasoslar, ventilyatorlar hamda dastgoh yordamchi uskunalari dvigatellari maksimal va issiqlik himoyasiga ega noreversiv va reversiv magnit ishga tushirgichlar bilan birga ulanadi. Ishga tushirgichlar va kontaktorlarni boshqarish tugmachali postlar va kalitlar bilan amalga oshiriladi. Boshqaruv sxemasi qisqa tutashuv rotorli asixron dvigatellar uchun kabidir. Burg’ilashda asosiy operatsiyalar UP turadgi universal qayta ulagichlar bilan amalga oshiriladi. O’zgaruvchan tok zanjirlari ishga tushirishni to’g’rilovchi himoya va kommutatsion apparatura shkafga joylashtirilgan. 1-rasm SBSh-250MN burg’ilash dastgohi elektr sxemasi: M1 – M2 gusenitsalar; M3, M4, M5, M7, M8, M11 – moy suv sistemasi va qizdirish sistemasi nasoslari; M9 – kopressorlar; M13 – burg’ilash shtangasi aylanishi; M5. M10, M14, M15 – kompressor puflash ventilyatorlari; M12 – gal dvigatellari. Burg’ilash jarayonini boshqarish va uning holatini nazorat qilish mashinist kabinasidagi pultdan amalga oshiriladi. Pultda nazorat – o’lchov asboblari, universal qayta ulagichlar, tumblerlar va dastgoh asosiy elektr uskunalarini boshqarish tugmachalari joylashtirilgan. Mashina bo’limi va dastgoh kabinasini yoritish PSX-60 yoritgichlari bilan, ishchi maydoncha – RH-10 yoritgichlari va PZ-35 projektorlari bilan amalga oshiriladi. Termomexanik burg’ilash dastgohi SBTM-20 elektr uskunalari 13 ta o’zgaruvchan tok elektrodvigatellari, 1ta doimiy tok elektrodvigateli, transformatorlar va qizdirgichlarga ega. Dastgoh ilma kabel barabani bilan jihozlangan. Dastgoh sxemasida fazalar to’g’ri ketma – ketligini tez tiklash uchun xizmat qiluvchi uch qutbli qayt ulagichga ega. Kuch elektr qabul qiluvchilari tarmoqqa avtomatik o’chirgichlar va magnit ishga tushirgichlar bilan ulanadi. Boshqaruv va yoritish zanjirlari 220 V kuchlanishda to’yinadi. Ochiq kon ishlarida burg’ilash dastgohlari bilan ta’minlash 380 V kuchlanish bilan quvvati 400 kV∙A bo’lgan (PKTP) 6/0,4 kV ko’chma komplekt transformator podstansiyalaridan yoki 6 kV kuchlanish taqsimlovchi karyer ichi EUL dan amalga oshiriladi. 380 V kuchlanishli elektr energiyasi PKTP dan burg’ilash dastgohlariga (9.2 rasm) bir (shenkli dastgohlar, olovli SBR-160 va shu kabilar) va ikki (2SBSh-200N dastgohlari va boshqalar) asosan 50 – 70 mm2 (ba’zida 150 mm2) kesimli KG, KGXL, KOG markadagi parallel to’rt o’zakli kabellar bilan yetkaziladi. Kabellar uzunligi odatda 100 – 120 m gacha (ba’zida 200 m gacha) qilib olinadi. BASh-320M dastgohi elektr ta’minoti 6 kV kuchlanish bilan KGE 3×25+1×10+1×6 mm2 ingichka kabel yordamida amalga oshiriladi. 6 kV tarmoqdan kuchlanish dastgoh bortida o’rnatilgan TME-6/0,4 kV kuch transformatoriga yetkaziladi. Ilma kabel barabanlari bilan jihozlangan kuchli burg’ilash dastgohlari (SBSh- 320, SBTM-20) elektr ta’minoti 6/0,4 kV podstnasiyadan 380 V kuchlanish bilan 3×95+1×35 mm2 kesimga ega ikkita ingichka KG kabellari yordamida amalga oshiriladi. 2-rasm. Burg’ilash dastgohlari elektr ta’minoti sxemasi: a – tarmoq plani; b – prinsipial sxema. Burg’ilash jarayonida kuchli burg’ilash dastgohlari elektr uzatmalari elektr yuklamalari mavjudligi bilan tavsiflanadi. Dastgohlar kuchli asinxron dvigatellari nisbatan kichik quvvatli transformatorlardan to’yinadi, shuning uchun burg’ilash dastgohlarini to’yintiruvchi tarmoqlarda yangi texnik yechimlar topilishi zarur. Buning uchun PKTP transformatori – burg’ilash dastgohi sistemasida reaktiv quvvatni bo’ylama qoplash qo’llaniladi, bu kuchlanish yo’qotilishi kamayishiga olib keladi. Kuchlanish yo’qotish kompensatori (KPN) quvvati o’tish rejimida maksimal yuklamani o’tish shartidan, KPN parametrlari esa – eng kuchli burg’ilash dastgohi ishga tushirilishi shartidan tanlanadi. Bo’ylama kompensatsiya o’rnatilishi hisobiga ishga tushirish va ishchi rejimlarda elektr ta’minoti ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Kompressor elektro dvigatelini ishga tushirishdagi kuchlanish yo’qotilishi 2,8 baravar pasayadi, ishga tushirish davri 1,8 baravar qisqaradi. Texnik – iqtisodiy hisoblashlar 6 kV kuchlanishli kuchli burg’ilash dastgohlari uchun 6/0,4 kV transformatorni bevosita dastgohda o’rnatib qo’llash maqsadga muvofiq ekanligimi ko’rsatmoqda. 6 kV kuchlanishda kuchli burg’ilash dastgohlarini to’yintirish sxemasi ekskovatroni to’yintirish sxemasi kabi. 6 kV kuchlanish bilan burg’ilash dastgohlari elektr ta’minotida to’yintiruvchi sifatida ekskovator ingichka KGE kabellari ishlatiladi. Bunday elektr ta’minot sxemasi bir necha afzalliklarga ega. 6 kV kuchlanishda to’yintiruvchi kabel liniyalari 380 V dagi to’yinish kabellari kesimiga qaraganda 15 baravar kamayadi. To’yintiruvchi kabel nisbatan kichik kesimlar, diametr va massasi ekspluatatsiya shartlariga ko’ra zarur sig’imga ega (200 – 300m) zarur ilma kabel barabani bilan jihozlash imkonini beradi. 6 kV elektr ta’minlash sistemasiga kiruvchi elektr uskunalari va kabellar umumiy og’irligi 380 V kuchlanishdagi sistemaga nisbatan 2 barobar kamayadi, dastgohda joylashgan elektr uskunasi esa – 1,5 baravar. Shuning uchun 6 kV kuchlanishga o’tishda elektr ta’minoti ishonchliligi ortadi va 380 V kuchlanishni qo’llagandagiga nisbatan elektr energiyasiga harajatlar sezilarli kamayadi. 6 kV kuchlanishli qudratli burg’u stanoklari uchun elektr ta’minotidan foydalanish uchun bevosita burg’u stanogini o’zida 6 / 0,4 kVli pasaytiruvchi transformatorni joylashtirishdan foydalanish maqsadga muvofiqligini taqdqiqotlar natijasida aniqlandi. Qudratli burg’u stanoklarini elektr ta’minoti uchun 6 kV kuchlanishni qo’llash kabelni kesim simlari orqali quvvatlashni 5 barovarga kamaytirish imkonini beradi. Elektr energiyani taqsimlash sxemasini soddalashtiradi, burg’u stanoklarini elektr ta’minoti tizimida elektr uskunalari massasini 2 martadan ko’proq, joriy iste’molchilar chiqimlarini 4-5 baravarga kamaytiradi. SBSH - 250 MN stanogining tuzilmasi. O’rta og’irlikdagi SBSH - 250 MN o’zi yurar burg’u stanogi manyovrli burg’u qurilmasi bo’lib va ular kon-kimyo sanoati uchun karьerlardan xom-ashyo qazib oladigan (f = 10 - 16 professor M.M. Protod’yakonov shkalasi bo’yicha)o’rta va o’rtadan yuqori qattiqlikdagi jinslarni portlatish skvajinalari sharoshka iskanasi uchun mo’ljallangan. SBSH-250MN stanogi unifikatsiyalashganUG-60 gusenitsali yuruvchiga montaj qilingan. Gusenitsali aravacha ko’ndalang to’sinida mashina bo’limi bilan birgalikda bajarilgan stanok romi o’rnatiladi. Mashina bo’limida mashinist kabinasi, suv uchun sig’im , gidro va elektr uskunalari tuguni joylashtirilgan. Mashina bo’limining isitilmaydigan qismida kompressor joylashgan. Stanokning barcha jihozlari machtasi bilan maxsus tayanchlarda mashina bo’linmasi kuch elementlariga mustahkamlanib osib qo’yilgan, machta uch xil holatda mustahkamlab qo’yiladi (vertikal 15 burchak ostida va bertikal 30° burchak ostida) Burgulashda stanokning barcha mexanizmlarini mashinist kabinasida joylashgan burg’u pultidan boshqarish amalga oshiriladi. Machtada burg’u snaryadi aylantirgichi, separator shtangasi, mexanizmni burab ajratgich, lyunet, uzatgich mexanizmi va boshqalar joylashgan. Machta tayanchlarida o’rnashtirilgan ikkita gidrotsilindr orqali machta tushiriladi. Gidrotsilindr shtoki machtaning ko’ndalang to’siniga qotirilgan. Machtani engashtirish jarayonini boshqarish mashinist kabinasidagi pulьtdan boshqariladi. Gidrotsilindr porsheni bo’shlig’idagi ishlarni sinxronlashtirish uchun yuqori bosimli naporli yenglari o’zaro bir-biriga ulangan. SBSH-250 xilidagi stanoklar ochiq kon ishlarida skvajinalarni burg’ulash uchun qo’llaniladi, shuning uchun skvajinadan burg’ining mayda-chuydalarini olib tashlash uchun sharoshka iskanasida kanallar mavjud bo’lib, ular orqali skvajina zaboyiga siqilgan havo yoki suv- havo aralashmasi kelib tushadi. Iskana panjasida sharoshka tayanchiga shamol purkash uchun mo’ljallab kanallar qo’yilgan. Burg’i shtangasidan ya’ni ana shu maqsad uchun maxsus tutser va nippel ega bo’lib, u orqali havo yoki suv-havoli aralashma uzatiladi. Gidrouzatma tizimi qazish joyida dvigatel aylanmasi yuklanmasida avtomatik ravishda burg’i shtangasida uzatilayotgan kuchlanishni bekor bo’lishini ta’minlab beradi. Ana shu maqsadda tok relesi ishlaydi, u klapan uzatmasini (zolotnik) toksizlantiradi va klapan uzatmasiga (zolotnikka) quvvat berishni uzib qo’yadi. Elektr ta’minoti stanogi elektr ta’minoti va elektr uskunalari 380 V kuchlanishda ko’chma transformator 6/0,4 kV nimstantsiyasidan amalga oshiriladi. Stanokning barcha mexanizmlari elektrli uzatmaga ega. Belgilangan quvvat 386 kVt. Kuch elektr uskunalarining tavsifi tablitsada berilgan. 1. Stanokning elektr uskunalarining printsipial elektr sxemasi 9 rasmda taqdim etilgan. 3 x 150+1 x 50 mm2 kesimdagi KRSHK moslashuvchan kabelining uchta kuch simlari KV stanogining kabel o’tkazilgan joyi birlashtirilgan, to’rtinchi taminlangan sim – uning korpusiga ulanadi. A3742 turdagi avtomatik kiritadigan uzgich mashinist kabinasidan boshqarish imkonini beruvchi QF 1 elektromagnitli uzatmaga ega. TSZ-4/0,5 xildagi T1 transformatori stanokni yoritish va zanjirni boshqarishda 220 V kuchlanishda quvvatlantirish uchun xizmat qiladi. AS asimmetri bir fazali tutashuvda zaminlashda kiritish avtomatini uzib qo’yadi. Boshqarish zanjirida quvvatni uzatish A3712, A3114, AP50-ZM xilidagi avtomatlar-380 V tarmoqdagi kuchlanish kuch elektro qabul qilgichlarga birlashtirish, AP40-ZM xilidagi QF3 avtomatik uzgich orqali amalga oshiriladi. Burg’ulashdagi asosiy operatsiyalar UP5313-M9, UP5311-S23, UP5311-S303, UP5312-S302 tipidagi universal almashlab ulagichlar orqali amalga oshiriladi.O’zgarmas tok zanjirining ishga tushirishni rostlovchi, himoyalovchi va kommutatsion apparaturasi stanokning mashina bo’limida joylashgan boshqaruv shkafiga o’rnashtirilgan. Tiristor o’zgartirgich tugun va barcha bloklari boshqa shkafga joylashtirilgan.Burg’ilash jarayonini boshqarish va uni nazorat qilish mashinist kabinasidan boshqariladigan o’lchov –nazorat asboblari, uni versal almashlab uzgich, tumbler va stanokning asosiy elektr uskunalarining boshqarish tugmachasi (yurish va kompressor uzatmani boshqaruvidan tashqari)bir joyga jamlangan pult orqali amalga oshiriladi.
Download 395.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling