2
3.1. KT va TT ni ishlatishga mo`ljallangan korxona va tashkilotlarning ma`muriy
va maishiy
binolari QM va Q shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.3.2. KT va TT
ishlatiladigan
labaratoriyalar, bo`limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog`i
lozim.Yuqorida qayd qilingan xonalarni yerto`lalarda joylashtirishga yo`l qo`yilmaydi.3.3. Xonalarni
joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e`tibor berish, ishchilarning
mehnat sharoitini
yaxshilash maqsadida xonalarga videomanitorlar o`rnatish lozim. 3.4. KT va TT ning konstruktiv va
texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o`tish joylari quyidagi o`lchamlarda bo`lmog`i
lozim: ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan
kam bo`lmasligi; orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalarga ega bo`lgan KT siga
xizmat ko`rsatish oralig`i 0,7 m.dan kam bo’lmasligi; Displeylarga ega bo`lgan ishchi o`rinlari
orasidagi masofa 1,5 m.dan kam bo`lmasligi; KT bir qatorlama joylashtirilgan devor orasidagi masofa
1,5 m dan kam bo`lmasligi shart.
3.5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o`rnatilgan bo`limlari, sexlar,
labaratoriyalari, uchastkalari, ish boshlashdan oldin maxsus komissiya tomonidan San va M №0007-94
talablari amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: