Texnika xafsizligi


Sanitariya-Gigiyena Talablari


Download 183.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana27.10.2023
Hajmi183.98 Kb.
#1728220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy mashgulotlar materiallari

Sanitariya-Gigiyena Talablari 
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish 
sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ко'rа, kompyuterdan foydalanganda 
quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir. 

O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va 
klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak. 

Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim. 

V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun 
davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak. 
O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak. 
Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchilarning tana mushaklarida va 
ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda 
o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun 
yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi. 
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish 
tartiblari mavjud. Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy 
kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniksa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi 
mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta'minlovchi - UPS 
qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ushlab 
turadi hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab 
turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. Masalan kerakli 
ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo. 

Download 183.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling