Texnika xafsizligi
Download 183.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashgulotlar materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. KT va TT ishlarning tarkibi.
V. AMALIY MASHG`ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR 1 – AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: Kompyuter ergonomikasi. “Informatika va axborot texnologiyalari” rivojlanishining asosiy bosqichlari. Informatika tushunchasi va mohiyati. Uni vujudga kelishi va rivojlanishi. TEXNIKA XAFSIZLIGI Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari. 1. Umumiy qoidalar. Ushbu sanitariya qoida va me`yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT) larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yo`naltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarishi mehnat sharotini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog`lig`ini saqlab qolishga yordam beradi. KTsi ma`lumotlarni kiritish (to`plash), uni ishlash va natijani (uzatish) ga, TT ma`lumotlarnining nusxasini olishga mo`ljallangan. 2. KT va TT ishlarning tarkibi. 2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta`siriga uchrashi mumkin: elektromagnit maydoni – EHM (radiochastota, past quvvati rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishi); elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; havoning ionizatsiyalanishi; kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda tener bo`yoq moddasining changi; mateorologik omil joy iqlimining o`ziga xosligi, yil fasli, ventilyatsiya hamda isitish tizimi va boshqa; mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo`ladigan shovqin; elektr tokidan jarohatlanish xavfi; ruhiy hissiyotlar zo`riqishining ortib ketishi; ko`rish analizitorining zo`riqishi; barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur’atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; tananing majburiy, bir xil ishchi holada turishi, gipokeneziya. TTlar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektrmagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo`yoq moddalarning change, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi. Download 183.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling