Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash


Download 87.53 Kb.
bet2/12
Sana10.04.2023
Hajmi87.53 Kb.
#1348587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xisobot gaz 2021

Gaz sanoati — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200—7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
G. s. dastlab 18-asrning oxiri — 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshkoʻmirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yoʻlga qoʻyilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-asrning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma — gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-asrning 20-y.larigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi.
Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va b.) G. s.ning tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.
Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150—170 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar boʻylab taqsimlanishi turlicha boʻlganligi bois G. s.ning dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir.
Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932 y.dan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-y.lar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-y.larga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. 1962 y.ga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi bilan Oʻzbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent—Bishkek— Ol-maota gazoprovodi, 1965; Oʻrta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968 y.ga kelib Oʻzbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (Oʻrta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga yetdi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, G. s.ni rivojlantirish sohasida ham islohotlar oʻtkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbek-neftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yoʻlida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari re-jalashtirildi.
Hoz. vaktda Ustyurt, Buxoro — Xiva, jan.-gʻarbiy Hisor, Fargʻona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000 y.da 1990 y.dagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Shoʻrtan gaz konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha oʻn t gacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming t yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. G. s. tarmogʻidagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi yer osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta taʼmirlash ishlari jadal olib borilmokda. Maye, Gazli — Nukus, Paxtakor — Yangiyer — Toshkent gaz yoʻllari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpogʻiston va Xorazmni respublikaning oʻz gazi bilan taʼminlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hoz. mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350—400 ming t oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana q. Gaz ombori). 1999 y.da respublika G.s.da 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi.
Gazlar (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda temperatura va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. G. molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. G. tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. G. molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit (273, 15K temperatura va 1,01 105 Pa bosim)da G. zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1 sm3 gazda 310" dona molekula bor. G. uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va temperatura (T) bilan ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining oʻzgarishiga qarab, G. har xil xususiyatli boʻladi. Mas, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va temperaturadagi G. holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga boʻysunuvchan G. ideal G. deyiladi. Tabiatda ideal G. yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past bosimdagi G.ga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va temperatura juda past boʻlgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ‘ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a — berilgan G. uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi G. real G. deyiladi. Normal sharoitda G.da issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda G. oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va temperaturaning oʻzgarishi bilan G.ning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k.
G.ning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot G. aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. G.ning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. G. chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan G.dan tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) G.dan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash G.i neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan G. tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida G. tarkibida toʻyinmagan G. ham hosil boʻladi. Bu G. sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay G.dan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu G. tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, G. kondensati — 6—7% va boshqa G. (N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. G. sanoatda keng ishlatiladi



Download 87.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling