Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash


Download 87.53 Kb.
bet5/12
Sana10.04.2023
Hajmi87.53 Kb.
#1348587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xisobot gaz 2021

Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. O’rnatish operatsiyaning bir qismi bo’lib detalning (dastgoh turiga qarab bir necha detalning) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgohga o’rnatilgan yoki mahkamlangan zagotovka uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallash mumkin. Holat detalning bir marta mahkamlangan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holatidir. Holatni o’zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo’ladi. Masalan: ko’p shpindelli ko’p holatli dastgohlarda.Operatsiya texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish texnologik operatsiyani tugallangan qismi bo’lib detalning ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi o’tish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo’lib, ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi o’tish natijasida detalning shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi. O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi. Yordamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo’ladi.

TEXNOLOGIK MASHINA VA JIXOZLAR DETALLARGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISHNI TASHKIL QILISHNI O’RGANISH


Metall qirqish stanogi (metallorejushiy stanok)— buyumlarga, asosan qirqish asbobi bilan qirindi yo’nib ishlov beradigan mashi­na. Shuningdek, plastmassa, shisha, keramika singari metallmas materiallarga ishlov berishda ham qo’llaniladi.
Plastik materiallar yoki plastmassalar – sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini o’zgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.
Ishlatilishiga ko’ra quyidagi xillarga bo’linadi: universal (umumiy ishlarga mo’ljallangan)— detallarga ishlov berishda turli operasiyalar bajaradi; ko’p ishlarga mo’ljallangan — keng nomenklaturadagi buyumlar uchun chekli operasiyalar bajaradi; ixtisoslashtirilgan — bir xil nomdagi yoki shakldagi o’xshash detallarga ishlov beradi; mahsus — bir xil tip o’lchamli detallarga ishlov beradi. Avto matlashtirish darajasiga ko’ra, avto­mat liniyalar, ya’ni mexanizm va qurilmalar (elektron, elektr, pnevmatik, gidravlik) sistemasidan iborat bo’lgan (shu bilan birga raqamli boshqarish programmasi bo’lgan) avtomat-stanoklar; bularda energiya, mate­rial, axborotlarni olish, o’zgartirish, uzatish va ulardan foydalanish prosesslari to’la mexanizasiyalashgan bo’ladi; avtomatik ish siklida ishlaydigan yarim avtomat — stanoklar; bunda ish sikli detalga ishlov berilgandan so’ng uziladi va tayyor detal olinib, uning o’rniga yangisi qo`yilgandan so’ng yana boshlanadi; qo’lda boshqariladigan metall qirqish stanoklari bo’ladi.

Download 87.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling